Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Choli Qushi-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ishq Jodusi - All I want
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qaxvaxona - soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“QANOTCHI” o‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritgan — Sanepidemnazorat inspeksiyasi

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining 2020 yil 9 maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Qushbegi 1-tor ko‘chasi 21-uyda joylashgan “GOURMET RESTAURANT” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “QANOTChI” qahvaxonasi karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik yo‘l bilan faoliyat yuritgani aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Toshkent shahar vakilining 2020 yil 10 maydagi kelishuvi asosida tekshiruv amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yig‘ilish bayoniga zid ravishda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, ushbu korxonaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxo‘ja Erkinovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Yakkasaroy tuman Ma’muriy sudiga kiritilmoqda.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3612 | Рейтинг: 0| Рейтинг: QANOTCHI, sud
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное