Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Pazanda - The Sound of Love
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Soundtreck-Великолепный Век
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Qodirovning noroziligi rejissyorni Sudgacha olib boradimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yaxshigina reklama qilinayotgan “Majnun” filmidan olingan video lavhalar muxlislarda katta qiziqish uyg‘otyapti. Boisi, film bahorda suratga olingan, lekin kadrlarda oltin kuzni ko‘ramiz. Bu esa jahon kinosining texnologik yutuqlari o‘zbek kinosiga ham yetib kelayotganidan darak bo‘lsa ajabmas. Tomoshabin esa sifatli film ko‘rish tarafdori. Tanganing ikki tarafi bor, deganlaridek muxlis unga ko‘rsatilgan “manzara”nigina ko‘radi. Aslida har bir ish ortida katta mehnat yotishi barobarida, kadr ortidagi mashmashalar ham borligini unutmaslik kerak...


Mazkur kinokartina ham kadr orti mojarolardan mustasno emas. Bu haqda mazkur kinokartina ijodkorlari bilan bo‘lgan o‘zaro suhbatda xabar topdik. Rejissyor va aktyor o‘rtasida bo‘ladigan noroziliklar suratga olish maydonchasidagi odatiy hol, deya avvaliga e’tibor bermagandik. Biroq aktyor Ulug‘bek Qodirov bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng muammo jiddiy ekanini angladik. 
Film bejiz tragik drama janrida emas shekilli, buni  “U o‘lmagan, lekin tirik ham emas” “slogon”i tanlanganidan hamda “Majnun”dagi o‘ta xavfli sahnalar suratlarini ko‘rib o‘zimiz ham guvoh bo‘ldik. Ma’lum bo‘lishicha, rejissyor va bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Ulug‘bek Qodirov o‘rtasidagi noroziliklar ham aynan shunday sahnalar orqali boshlanib, ayni kunlarda avj olmoqda. 

It o‘rniga bo‘ri?!
Gap shundaki, film bosh qahramonining bo‘rilar bilan suratga olinadigan sahnasi bo‘lgan. Rejissyor aktyorning bunday tavakkalga borishiga ko‘zi yetmagani bois “Qiyofasi bo‘riga o‘xshagan kuchukchalarni olib kelamiz va o‘rningga kaskadyor ishlaydi”, degan gap bilan Ulug‘bekni suratga olish maydonchasiga olib kelgan. Lekin tasvirga olinadigan kun aktyor haqiqiy bo‘rilarni ko‘rgan. Bu ham yetmaganidek, rejissyor shu sahnada Ulug‘bekni o‘zi rol ijro etishi kerakligini aytgan. Bu filmi ishonarli chiqishi uchun qilingan fidoiylikmi yoki aktyorning hayotini xavf ostiga qo‘yish yo‘lidagi xudbinlikmi, degan savol tug‘iladi. Tabiiyki, Ulug‘bek Qodirov bo‘rilar bilan tasvirga tushishdan qat’iy bosh tortadi. Uzoq vaqtli tushuntirishlar va aktyorning kasbiga bo‘lgan sadoqati yuqoriligi sabab rolini ijro etib bergan. “Bari ko‘ngildagidek yakun topibdi-ku, nima muomma?” dersiz. Muammo keyin boshlangan, aniqrog‘i, rejissyor filmni aktyor bilan bamaslaxat montaj qilishiga ishontirgan, biroq... Rejissyor Jahongir Ahmedov yetti o‘lchab bir kesadiganlardan ko‘rinadi. Film o‘rtasidan o‘rin oladigan aynan o‘sha lavhani suratga olishning eng so‘nggi kuniga belgilagan. Shunday yo‘l tutsa, six ham kuymadi, kabob ham-da. Film suratga olinib bo‘lingan, hech nima yo‘qotmaydi. 
Qiziq, mazkur noroziliklar rejissyorni sudgacha olib borarmikan? Shu savolga javob olish uchun akyotrga murojaat qildik.
Ulug‘bek QODIROV, “Majnun” filmi bosh rol ijrochisi: 
— Filmga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ssenariy, rejissura, operatorlik ishlari ko‘ngildagidek. Biroq aktyorni ikki karra aldash qaysi kurakda turadi? Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, bo‘rilar bilan birga suratga tushganimga yarasha qandaydir xavfsizlik choralari ko‘rilgan bo‘lishi shart edi. Ochig‘i, rejissyor “aktyorga biror korhol bo‘lsa ham film suratga olinib bo‘lingan-ku” qabilida ish tutganidan qattiq ranjidim. Ertaga boshqa rejissyorlarimiz ham “filmim zo‘r chiqsin”, deya timsohlar orasiga tashlab qo‘ymasaydi... Film suratga olish ishlari tugagach, rejissyor qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Bu munosabatni qanday tushunish kerak?
Gap-so‘zlarga aniqlik kiritish uchun rejissyor bilan ham  bog‘landik, lekin u “bu borada hozircha hech qanday ma’lumot bera olmyaman”, deya qisqa javob qaytardi. 
Aktyor Ulug‘bek Qodirov va rejissyorning bir-biriga bo‘lgan ochiq va achchiq haqiqatlarini "Darakchi" gazetasining 25 fevral kuni sotuvga chiqadigan 8-sonida o‘qishingiz mumkin.  
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9949 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: sud, Ulug'bek Qodirov, Majnun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
ulugbek1995 Pul topish osonmas kere bosa timsohlari oldigayam tushas
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное