Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qaynota-qaynonam turmushimizga qarshi...

— Turmushga chiqqanimga 2 yil bo‘ldi. To‘yimizdan ko‘p o‘tmay, erim bilan ishlash maqsadida chet davlatiga ketdik. U yerda hammasi yaxshi edi, bir-birimizni tushunib, ahil yashardik. Biroq uyga qaytishimiz bilan qaynonam janjal chiqara boshladi. Yuborgan pullarimizga qaynopamning to‘yini qilishdi, boshqa xarajatlarga ishlatishdi. Ishlari bitgandan keyin esa to‘nini teskari kiyib olishdi. Arzimagan bahonalar tufayli janjanllar ko‘paydi. Yig‘inlarda onam olib keladigan tog‘oralar qaynonamga yoqmay qoldi. «Ichida go‘shti ham yo‘q. Tuzukroq narsa qilsa bo‘lmaydimi?» deb tirnoq ichidan kir axtara boshladi. Bu gaplardan keyin achchiq ustida ota uyimga ketdim, onam menga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirgani uchun yana kaynonamnikiga bordim. Qaynonam esa «O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor», deb pisanda gaplar qildi. Oilam tinchini o‘ylab, tilimni tiydim. Bu orada dadam uzoq safarga ketadigan bo‘lib qoldi. Kuzatgani bormoqchi edim, qaynonam ruxsat bermadi. Alamimdan yig‘lab yubordim. Bundan jahli chiqib, «Rosa jonga tegding, bor ketsang ketaver, katta ko‘cha. Qaytib kelmasang ham mayli», deb haydadi. Bir yil deganda zo‘rg‘a homilador bo‘lgandim, kelishmovchiliklar tufayli homilam nobud bo‘ldi. Jonimdan o‘tib ketganidan keyin akamga qo‘ng‘iroq qilib hasrat qilgandim, kelib meni olib ketdi. Endi qaynotam ham, qaynonam ham uyga qaytishimni xohlashmayapti. Erimning ko‘ngli menda bo‘lsa-da, otasining gapidan chiqolmaydi. O‘zim ham turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘raman, bir-birimizdan kechmoqchi emasmiz. Tez-tez kelib, xabar olib turadi. Ammo qaynota-qaynonam o‘g‘lini uylantirishmoqchi, xo‘jaynim ham ikkilanib qolgan, «Uylansam ham, seni tashlab qo‘ymayman», deyapti. Bir safar ammam «Bular yosh, aqli yetmagan-da, yoshliq qilib qo‘yibdi. Kechira qoling», deb katta boshini kichik qilib borgan edi, qaynotam xaqoratlab hammamizni haydab soldi. Nima qilshni bilmayapman. Iltimos, maslahat bering, oilam buzilishini istamayman.
Kamola, 23 yosh, Toshkent viloyati
Qaynonajon: — Chet elda er-xotin mustaqil, erkin yashashga o‘rganib qolgansiz. Endi oila a’zolaringizning gap-so‘zlari yoqmayotgani tabiiy. Biroq turmush qurish degani er bilangina munosabat qilish emas. O‘zbekchilikda oila kattalarini e’zozlash, hurmatini joyiga qo‘yish kelinning birinchi galdagi vazifasi. Pul masalasiga kelsak, har bir oilaning o‘z moliyaviy sharoiti, qonun-qoidasi bo‘ladi. Siz ham shu oilaning a’zosi sifatida o‘rnatilgan qoidalarga amal qilishingiz darkor. Ota-ona ham farzandining peshana teri bilan topgan pulini behuda sarflamaydi, xonadon zaruratiga ishlatishga harakat qilishadi. Bundan faqat xursand bo‘lib, ulardan oila boshqaruvini o‘rganib borish lozim. Jon qizim, bu dunyoda biror ishning javobsiz qolganini ko‘rmadim. Ayniqsa, jigarlarga qilingan yaxshilik o‘n chandon bo‘lib qaytadi. Sizga bo‘lmasa, kelgusida farzandlaringizga, yoki nabiralaringizga, albatta, qaytadi. Shunday ulug‘ kunlarda arazlab yurmay ostonasi tillo xonadoningizga boring, uzr so‘rang, qaynonangizga onajonim deng, duolarini oling. Xo‘jayningizga ota-onasi, jigarlarini yomonlamang, aks holda sizdan ko‘ngli qoladi. Sizga baxt-saodat tilab qolamiz.
Shahnoza Xalilova, ruhshunos: — Qaynota-qaynonangizga ta’sir o‘tkazish, ularning fikrini o‘zgartirish biroz mushkul bo‘ladi. Shuning uchun ishni eringizdan boshlashingiz lozim. Avvalo turmush o‘rtog‘ingizga bosim o‘tkazmaslikka harakat qiling. Unga aql o‘rgatish, o‘z yo‘rig‘ingizga yuritishga urinmang. Axir shundoq ham hozir ota-onasi tomonidan kuchli bosimga uchragan, ular tufayli o‘z istaklariga qarshi borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Agar siz ham aytganingizni qildirishga urinsangiz, tashqaridan yupanch topishi aniq. Siz bu xatoga yo‘l qo‘ymay, uni ilhomlantirib turing. Ya’ni «Shu vaziyatdan bizni olib chiqib keta olishingizga ishonaman, oilamizni saqlab qolish qo‘lingizdan keladi» degan so‘zlar bilan uni ruhlantiring. Siz bilan o‘zini erkin his etsin. Faqat sizgina uni tushunishingizga, sizgagina ko‘nglidagilarni erkin ayta olishiga ishonsin. Agar er-xotin ajrashishni istamasa, hech kim ularni ayira olmaydi. Eringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlashga harakat qiling. 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3227 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kelin, Qaynota-qaynona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное