Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Titanik-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qirolicha - Stakan Version
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Klon-soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Sad Love
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Qilichbek Madaliev Rashk sabab To‘yga borolmayapti?!

Muhabbatda, uning davomiyligida rashk tuyg‘usining o‘rni beqiyos, rashk haqida yozmagan, kuylamagan xonanda bo‘lmasa kerak. Qilichbek Madaliev “Yo‘l bo‘lsin” deb nomlangan so‘nggi klipida ushbu mavzuni yangicha talqinda, ya’ni san’atkor oilasida rashkdan kelib chiqadigan mojorolar va uning yechimi bilan tasvirlagan. 
Video ketma-ketlikda Qilichbekning muxlisalari dastidan uning turmush o‘rtog‘iga hech ham tinchlik bo‘lmaydi. Oxiri bu odatlarga chek qo‘yish maqsadida Qilichbek boshqa to‘yga chiqmayman, doim yoningda bo‘laman degan qo‘shiq va’dasi bilan uni tinchlantiradi. Bu hali hammasi emas…
Klip bizda bir ikkita savollar tug‘dirdi, savollarimizga xonanda Qilichbek Madalievdan javob oldik.
—Klip g‘oyasi kimga tegishli, klipdagi va hayotdagi Qilichbek bir xilmi, oilada rashkdan ko‘p aziyat chekasizmi?
—Klip g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, “9999” studiyasi bilan hamkorlikda suratga olindi. G‘oya aynan hayotimdan olindi deb ayta olmayman. Ayollarimiz  ba’zan oshkora, ba’zan pinhona sezdirmasdan rashk qilishadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham san’atkorning ayoliga bu borada boshqalarga nisbatan qiyinroq bo‘lsa kerak. O‘zimning oilamga keladigan bo‘lsak, ayolim klipdagi singari rashkchi emas ham deb bo‘lmaydi. Menimcha rashkning ham oilada, sevgida o‘rni bo‘lakcha. Eng muhimi hamma narsa me’yorida bo‘lsa yaxshi bo‘ladi.  
—Adashmasak klipning ohirgi kadrida  ukangiz Sanjar Madaliev ham ishtirok etgan?
—Ha, ukam hozirgi kunda Respublika estarada va  sirk kollejining 2-bosqich talabasi, kelajakda aktyor bo‘lishni niyat qilgani uchun mazkur kollejda ta’lim olmoqda. Xonandalikka ham qiziqishi juda baland. Bundan avvalgi “Shahzodangni kut”, “Etardi” deb nomlangan kliplarimizda ham kichikroq bo‘lsada rol ijro etgandi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12182 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rashk, Qilichbek Madaliev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное