Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rashk tufayli xotinini dorixonada pichoqlagan er 15 yilga qamaldi


Rashkning ko‘zi ko‘r, deydi dono xalqimiz...

Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida mudhish qotillik ro‘y berdi. Er-xotinning janjali, aniqrog‘i erning rashki “qonli xotima” bilan yakunlandi.

Azamat Kulimbetov rafiqasi — farmasevt Janar Nosirovaga joriy yilning fevral oyida 20 marta pichoq sanchib, vahshiylarcha o‘ldirdi. Voqea esa ayol ishlaydigan dorixonada sodir bo‘lgan.

Janar Nosirova yuz bergan hodisadan so‘ng shifoxonaga keltirilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan...

Bo‘lib o‘tgan mash’um voqeani dorixonadagi videokuzatuv kamerasi yozib olgan.

Olma-ota sudi ayblanuvchiga 15 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bundan tashqari, u 5 million tenge miqdorida tovon puli ham to‘laydi.

Sud yakunida sudya qarori e’lon qilingach, Azamat Kulimbetov yig‘lab yubordi. U qotillik sodir etgan vaqtida affekt holatida bo‘lganligi ta’kidlagan. Shuningdek, ayblanuvchi rafiqasining hayotida “begona erkak” paydo bo‘lganligini ham aytgan. Sudlanuvchi Janar Nosirovaning yaqinlaridan uzr so‘ragan.

Ma’lumot uchun, marhuma Janar Nosirova va jinoyatchi Azamat Kulimbetov oila qurishganiga 12 yil bo‘lgan. Ularning 2 nafar farzandi bo‘lgan.

Durdona Rasulova



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6865 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rashk, pichoqladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное