Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qo‘l telefonlari saraton kasalligiga sabab bo‘lishi mumkin?!

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan uyali aloqa vositalarining inson organizmida saraton kasalligini keltirib chiqarishi borasida sinov o‘tkazilmoqda, debyozadi “Novostivmire.com” nashri.
 
Hozircha tajriba kalamushlar ustida olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘l telefonlari kalamushlar organizmida saratonning ba’zi turlarining kelib chiqishi xavfini kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Salomatlik Milliy universiteti olimlarining tadqiqotlarida ham aytilgan.
 
Olimlar uyali aloqa vositasining kalamush organizmiga ta’sirini chastota va modulyatsiyalar orqali o‘rganishmoqchi. Ushbu omillar aynan qo‘l telefonlarida mavjud.
 
Kalamushlarni kun davomida 9 soat qo‘l telefonidan chiqadigan nur bilan “to‘yintirila” boshlandi. Ular orasida homilador, onadan endigina tug‘ilgan, balog‘atga yetgan, keksayib qolgan, xullas turli yosh va hayot bosqichidagi kalamushlar bor edi.
 
Tajribalar erkak kalamushlarda qo‘l telefoni bilan nurlanish oqibatida bosh miyada xavfli o‘simtaning paydo bo‘lishi, yuragida esa zararsiz o‘simtaning paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Buni qarangki, ayol kalamushlarda bu borada hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.
 
Olimlarning fikrlariga ko‘ra, kalamushlar ustida o‘tkazilayotgan ushbu tajriba natijasi bilan inson organizmida ham mobil aloqadan foydalanganda shunday holat yuzaga keladi, deb aytib bo‘lmaydi. Chunki uyali aloqa telefoni nuri kalamushning butun tanasiga tushirildi, insonning esa qo‘l telefonidan foydalanishda tanasining ayrim qismigina nurlanadi. Shuningdek, kalamushlar olgan radiatsiya insonga qanday ta’sir qilishini aniqlashga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
 
“Uyali aloqa telefonlari inson salomatligi uchun mutlaqo zararsiz bo‘lishi ham mumkin. Chunki kichik kemiruvchining organizmi bilan inson organizmi orasida katta farq bor. Buni o‘rganishga esa yillar ketadi”, deydi Salomatlik Milliy universiteti olimlaridan biri. 
Umida Yakubova


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6146 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: saraton kasalligi, Qo‘l telefonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Azamat4846 Oldin organiwsnde keyin zarari bor diyiwsn
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное