Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Qor malikasi”: Yangi yilga ertak bilan


2018-yilning 8, 9 va 10-yanvar kunlari poytaxtning “Istiqlol” san’at saroyida katta Yangi yil tomoshasi — Andersenning eng mashhur ertagi asosida sahnalashtirilgan “Qor malikasi” oilaviy myuzikli namoyish etiladi. Myuzikl avval rus tilida taqdim qilingan, endilikda esa u o‘zbek tilida namoyish etiladi. Tomoshalar soat 11:00, 13:30, 16:00 larda bo‘lib o‘tadi.

Ertak syujeti o‘zgarmas, u muhabbat, do‘stlik va ezgulik kuchi haqida hikoya qiladi. An’anaga ko‘ra mazkur myuzikldagi musiqalar mualliflik asarlari, ularni bastakor Albert Xolmurzayev yaratgan, matn mualliflari esa Hasan va Husan Solihovlardir.

Myuziklda ishtirok etayotgan aktyorlar jamoasi alohida e’tiborga sazovor. Ertakchi rolida O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqchisi Ramiz Usmonovni ko‘rish mumkin. Qor Malikasi rolini o‘zbek kino olamining taniqli aktrisasi Zarina Nizomuddinova ijro etadi. Qirol obrazini mashhur teatr va kino aktyori Muhammadiso Abdulxayirov gavdalantirgan. Gerda rolida taniqli aktrisa Sitora Alimjonovani, Kay rolida yosh aktyor Kamron Saidmurodovni ko‘ramiz. Qarg‘a rolida mashhur qo‘shiqchi Jasur Mirsogatov, shahzoda Klaus rolida yosh aktyor Lazizxon Burgutxonov namoyon bo‘ladi.

Myuziklni sahnalashtirish jarayonida jonbozlik qilayotgan jamoa — o‘z ishining ustalari. Ular ishtirokidagi har bir loyiha muvaffaqiyat qozonishi muqarrar. Ma’lumki, xoreografiya bunday sahna asarlarining ajralmas bo‘lagidir. Bu ish xoreograf Natalya Zaxalskayaga ishonib topshirildi. Aktyorlarning o‘z qahramonlariga aylanishlari uchun xizmat qiluvchi liboslarni esa liboslar bo‘yicha rassom Shahnoza Murotova yaratmoqda.

Myuzikl ijodkorlarining aytishlaricha, asarda klassika va zamonaviylik uyg‘unlashgan. Yorqin liboslar, chiroyli manzaralar, sifatli musiqa jarangi — bularning bari nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalarini ham ertakona dunyo, sehrli muhit og‘ushiga oladi.

Qishki ta’til kunlari ota-onalar uchun o‘z farzandlari bilan vaqtlarini o‘tkazish uchun chiroyli imkoniyat fursatlaridir. “Qor malikasi” oilaviy myuzikli tomoshasi bu nafaqat hordiq chiqarish, balki birgalikda foydali va samarali o‘tkazilgan onlardir. Axir Andersenning mumtoz asari faqat saboq berib qolmay, tarbiyalaydi ham. Unda eng yaxshi insoniy fazilatlar: sadoqat, vafo, do‘stlik, ezgulik xislatlari namoyon! Myuzikl ijodkorlari Hasan va Husan Solihovlarning fikricha, aktyorlar tarkibi yangilangan bo‘lishiga qaramay, myuziklda qahramonlarning samimiyati, sofdilligi va albatta asarning sehr hisi saqlanib qolgan.

Tomoshabin uchun yanada qulay bo‘lishi uchun “Qor malikasi” myuzikli 2018-yilning 8—10-yanvar kunlari soat 11:00, 13:30, 16:00 da — kuniga uch marta taqdim qilinadi.

Myuzikl uchun chiptalarni “Istiqlol” san’at saroyi kassasidan, shuningdek myticket.uz saytida sotib olish mumkin.

Chiptalar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar: 233-87-87, 169-87-87, 899-87-87. Chiptalar narxlari tomosha zalidagi o‘rinlarning joylashuviga qarab 10 000 dan 60 000 so‘mgacha.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3951 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil, Qor malikasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное