Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istondagi ayirboshlash shoxobchalari valyuta sotishni to‘xtatdi

Qozog‘istonning Olmaota va Ostona shaharlaridagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari, valyuta taqchilligi sababli, dollar va yevro sotishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“MIG” valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmog‘idan ma’lum qilishlaricha, sotiladigan bir dollar narxi 297 tengega chiqib ketgan, biroq ayni vaqtda tarmoq ixtiyorida dollar ham, yevro ham yo‘q. “Odamlar faqat dollar va yevro sotib olyapti, hech kim tengege almashtirmayapti, shu sababli valyuta ham yo‘q”, — deydi boshqa bir shoxobcha vakili.
Olmaotadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar 285 tengedan 296 tengegacha narxda sotib olinmoqda. Ostonadagi shoxobchalar esa dollarni 290 tengedan xarid qilmoqda. Qozog‘iston fond birjasining 16-sentabrdagi savdolari chog‘ida dollar kursi 283,98 tengegacha ko‘tarildi. Dollarning rasmiy kursi esa chorshanba kuni 276,83 tengega teng edi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 20-avgustdan tengening erkin ayirboshlov kursiga asoslangan yangi pul-kredit siyosatini amalga oshirishiga kirishdi. Natijada tenge dollarga nisbatan o‘sha kunning o‘zidayoq 26 foizga qadrsizlanib, bir dollar qiymati 255,26 tengega to‘g‘ri kelib qolgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3294 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ayirboshlash shoxobchalari, Qozog‘iston, sotishni to‘xtatdi, valyuta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное