Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Rahmatilla Mirzaevning o‘limiga uning o‘g‘li aloqador ekanligi aniqlandi

Taniqli suxandon Rahmatilla Mirzaevning o‘ldirib ketilish yuzasidan olib borilgan tergov ishi yakunlandi. Uning xulosalari O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Bosh prokuratura qotillikni sodir etishda fuqaro K. Shoazizov bilan birgalikda marhumning o‘g‘li U. Mirzaevni ham aybladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 2 martida milliy teleradiokompaniya suxandoni Rahmatilla Mirzaev Zangiota tumanining Chuvalachi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 21 yoshli K. Shoazizov tomonidan o‘ldirib ketilgan edi. Prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchi qo‘lga olinib, voqea yuzasidan tergov ishi olib borildi. Dastlabki tergov davomida jinoyatga suxandonning o‘g‘li ham aloqador ekanligi aniqlandi.
“O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, fuqarolar K. Shoazizov va U. Mirzaevlar Jinoiy kodeks moddalariga muvofiq keluvchi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblandi; jinoiy ish ko‘rib chiqish uchun sudga jo‘natildi”, – deyiladi xabarnoma matnida.


Manba:kun.uz
Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 24815 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rahmatilla Mirzaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
Alisher9289 Essiz umrlar
Like | 0
begim4155 Vay wunday yaxwi odam ediya.wunday farzand dunyoga keltirb kota qganda orzularni armonga aylantrsaya.
Like | 0
TANHOGINAM Daxshat
Like | 0
jasurrawkchi umring qamoqda 4irigir axmoq oz otasiniyam oldiradimi.
bowidan malumidi bu l.n
Like | 0
$hahzoda Hm...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное