Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rashid Holiqov o‘g‘li Sanjarni karantin paytida uylantirdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqovning o‘g‘li, xonanda Sanjarning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu tasvirlarga oydinlik kiritish maqsadida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad Sanjar Holiqovning ma’muri Doniyor Alimuhammedov bilan bog‘landi.

«13 iyun kuni Sanjar va do‘stlari kelinnikiga bordi. Bu faqat oila a’zolari va yaqin do‘stlar uchun kichik marosim edi. Bugun kelinning oila a’zolari Sanjarnikiga tashrif buyuradi. Katta to‘y karantindan keyin bo‘ladi», — deydi Sanjarning ma’muri.
Videoda kuyov — Sanjarning yaqinlari, do‘stlari, hatto uning o‘zi ham tibbiy niqob taqmagan, mehmonlar o‘zaro ijtimoiy masofa saqlamaganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1 iyundan boshlab «yashil» hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida mazkur belgilangan talablarni buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.


Manba:aniq.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7766 | Рейтинг: 0| Рейтинг: i Sanjar, o‘g‘l, Rashid Holiqov, uylantirdi, karantin, to'y
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное