Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Ravon’ning Rossiya bozoridagi ulushi 0 foizga tushib ketdi


Ravon Rossiyada qatorasiga sakkiz oydan beri avtomobil sotmayapti. Bundan Yevropa biznesi uyushmasining ma’lumotlari darak bermoqda.
2019 yilning yanvarida kompaniya bitta ham avtomobil sotmagan, sababi ular hali ham savdoda yo‘q.

Kompaniyaning bozordagi ulushi 0 foizga tushib ketdi. 2018 yil yakunlari bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 0,3 foiz, 2017 yilda - 0,9 foizni tashkil etgandi.

Bunday pasayish shu bilan izohlanadiki, Ravon Rossiyada avtomobillarni so‘nggi bor 2018 yilning may oyida sotgan. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi.

Taqqoslash uchun: 2018 yilning yanvar oyida Ravon 1,5 mingga yaqin avtomobil sotdi, bu esa unga bozorning 1,4 foizini egallash imkonini berdi.



Manba:zamin.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3145 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ravon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное