Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Rossiyada Ravon avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi


Qorachoy-Cherkasiya Respublikasidagi «DerVeys» avtomobil zavodida Ravon avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi.

Bu haqda respublika rahbari Rashid Temrezov hokimiyat organlarining 2018 yilgi faoliyati yakunlari bo‘yicha deputatlarga yo‘llagan murojaatida xabar berdi. Uning nutqi matni mintaqa hukumati rasmiy saytida e'lon qilindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma loyiha Rossiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tasdiqlangan.

«Ayni paytda «DerVeys» mahsulotni sertifikatlash jarayonini amalga oshirmoqda. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab zavod Ravon avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda», - deydi Temrezov.

Bundan oldin, Ravon Rossiyada qatorasiga 11 oydan beri avtomobil sotmayotgani xabar berilgandi.

2019 yilning aprelida kompaniya bitta dona ham avtomobil sotmadi, sababi ular sotuvda yo‘q. Taqqoslash uchun, 2018 yil aprel oyida 576 dona mashina sotilgan, 2018 yil yanvar-aprel oylarida - 4676 dona avtomobil.

Hozirda kompaniyaning bozordagi ulushi 0%ni tashkil qiladi. Bu Ravon oxirgi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida avtomobil sotganligi bilan izohlanadi. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.

O‘zbekiston 2018 yil o‘rtalarida avtomobil eksportini to‘xtatdi. Yil oxiriga kelib, «O‘zavtosanoat» tashqi bozorlardagi vaziyatni o‘rganish uchun bir partiya avtomobillar jo‘natilgani to‘g‘risida xabar berdi. Keyinchalik, ko‘plab mamlakatlarga eksport tiklandi, biroq an'anaviy tarzda asosiy bozorlardan biri hisoblangan Rossiya bo‘yicha ishlar to‘xtab qoldi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2271 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rossiya, boshlanadi, ishlab chiqarish, avtomobil, Ravon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное