Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon: “hech qachon bolalarim otasiz o‘sishini istamaganman”

Xonanda Rayhon G‘aniyeva konserti haqidagi tanqidlarga munosabati, uni boshqa hamkasblari bilan solishtirishlari, oilasining buzilishi va kelajakdagi rejalari haqida “Sayyod” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Rayhonning oilasi buzilishiga uning oiladagi liderligi, bosim o‘tkazgani sabab bo‘lgan, shuning uchun ham u bu haqda gapirishni istamaydi” degan gaplarga nisbatan Rayhon:
“Oilada umuman bosim o‘tkazmaganman. Aminmanki, vaqt hamma narsani davolaydi, hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, faqat vaqt ko‘rsatadi, kim haq, kim nohaq ekanligini. Men shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishini istayman. Oila muqaddas, uni piar uchun yoki boshqa muhokamalar sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Agar odamlar buni shunday tushungan bo‘lsa,bu ularning tanlovi. Men esa pok oilaviy munosabatlar tarafdoriman. Nima bo‘lgan taqdirda ham men bu insondan(Yigitalidan) farzandlarim uchun minnatdorman. Bugun farzandlarim men uchun hamma narsa. Men ularsiz hayotimni tasavvur qilolmayman, ularni dunyoga keltirguncha bo‘lgan hayotim xuddi bo‘lmagandek. 
Men hech qachon qandaydir manfaat uchun turmushga chiqmaganman. Men baxtli bo‘lish uchun oila qurgandim. Oxirigacha birga bo‘lishni istagandim. Farzandarimning otasiz yashashini hech qachon istamaganman.  Otasiz o‘sish nima ekanligini yaxshi bilaman. Chunki otam bevaqt olamdan o‘tgan. Bu men uchun katta ruhiy travma bo‘lgan. Shuning uchun ham bolalarim men bosib o‘tgan yo‘ldan o‘tishini umuman xohlamaganman. Faqat shu sabab ham men hech qachon ajrashmagan bo‘lardim. Men onaman va men o‘zim yoki u haqda emas, birinchi navbatda bolalarim haqida o‘ylayman. Biroq shunday vaziyat bo‘ldiki, biz mana shu qadamni tashlashga majbur bo‘ldik. U(Yigitali)uyimizda doimo kutilgan mehmon.  Farzandalarim otasi bilan muloqotda bo‘lishini va ko‘proq birgalikda vaqt o‘tkazishini istayman. Kutganim bo‘ladami, yo‘qmi bu endi uning tanlash huquqi. 
Men ham ayolman. Hamma ayollar kabi men ham oilamni saqlab qolishga urindim. Ota-onam menga bergan tarbiyasiga ko‘ra, ajrashish-men uchun eng dahshatli narsa. Ayniqsa o‘rtada bolalaring bo‘lsa,sen ularning psixikasi, kelajagi uchun mas’ulsan. Buning ustiga farzandlarim-o‘g‘il bolalar”,– dedi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10417 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Giza1234 :-( :-( :-( :-( :-( :-( :-( :-( :-( :-( :-( :'(
Like | 0
Azamat4846 Haqiqiy onani gaplari bu
Like | 0
Asem989 Tog'ri
Like | 0
MNNN2316 Tori etadila otasiz osish yomon buni faqat bowidan otqzganla bladi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное