Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » IJARA QO'SHIQLAR [KIM O'GRI]

Rayhon “Javob ber”ni xorijdan o‘g‘irlagan deb taxmin qilinyapti

Ko‘chirmakash xonandalar qatoriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ham qo‘shildi.
Bugun o‘zbek shou-biznesida yaratilayotgan biror qo‘shiqni maqtab, yaxshi chiqibdi, deyishga ham qo‘rqib qolgansan kishi. Zum o‘tmay o‘sha qo‘shiq xorijdan o‘g‘irlangan bo‘lib chiqyapti. 

Biroz avval O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning “Javob ber” nomli qo‘shig‘ini 2016 yilning ilk xit taronasi sifatida e’tirof etib, qo‘shiq Rayhonga yangi omadlar olib kelishi mumkinligini aytgan edik. Buni qarangki, bu qo‘shiq ham xorijlik xonandalar Tom Bokser va Antoniyaning “Morena” nomli qo‘shig‘iga ikki tomchi suvdek o‘xshash bo‘lib chiqdi. Nahotki, Rayhon o‘g‘irlikka qo‘l urgan bo‘lsa? Qo‘shiqni tajribali mutaxassislar va bastakorlarga eshittirib ko‘rganimizda, “Javob ber” aynan “Morena”dan olinganiga hech shubha yo‘qligi aytildi.

Yaqinda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora, xonandalar Shahzoda, Munisa Rizayeva, Jasur G‘oipov, Diyor Mahkamov, Aziza Nizomova, Farhod va Shirinning 2015 yilda kuylagan qo‘shiqlari xorij estradasidagi taniqli qo‘shiqlardan ko‘chirilgani haqida maqola chop etgan edik. Endi ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ham qo‘shildi. Qiziq, xonanda bu iddaolarga qanday javob berarkin? Xonanda o‘zini qanday oqlaydi?


Категория: IJARA QO'SHIQLAR [KIM O'GRI]
Просмотров: 6827 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Azamat4846 Morena va Javob ber umuman bowqa bowqa awulaku. Tori faqat muzikasida azgina oxwawli bor
Like | 0
Iroda1211 >( Qo'shiq zo'r chiquvdi. Afsus.... O'g'irlangan qo'shiqlarni eshtishni xoxlamayman.
Like | 0
Azamat4846 Eh Rayhon Rayhon. Kutmagandm.
Like | 0
alcatel4304 Hamma iwda bir kamchilik topaszlar.da! Nima bolganda qõwiqqa gap yo!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное