Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon konsert tafsilotlari. Farzandlarini keng ommaga ko‘rsatgan ilk namoyishi

Estradamizning yorqin yulduzlaridan biri, minglab muxlislarning sevimli xonandasi, betakror va jozibador Rayhon konsert dasturining ilk kunini muvaffaqiyatli va kutilgandan ham a’lo darajada o‘tkazdi. Dastur hech bir xonandaning konsertida bo‘lmagan va muxlislarning hayoliga kelmagan tarzda boshlandi. Pardalar ikki tarafga tortilishi bilan katta ekranda jahon kinosi durdonalaridan lavhalar namoyish etila boshladi, bu esa konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinni biroz ta’jubga soldi, desak adashmaymiz. 
Sahnada bugungi shouning malikasi Rayhon paydo bo‘ldi. Birinchi ''Ovvora'' taronasini ijro etgach,  mehmonlar bilan salomlashib ko‘pchilikning hayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan ilk ta’assurotlarga oydinlik kiritdi. Ya’ni, bugungi dastur to‘liq ma’noda kinomatografiya sohasiga oid bo‘lishi va bu bilan barchani kino olamiga chorlashini aytib o‘tdi.
Sahnadagi harakatlanuvchi dekoratsiyalar film suratga olish maydonini eslatar, Rayhon esa mohir saksafonchi chalgan kuy ostida ingliz tilida qo‘shiq hirgoyi qildi. 
''Qani-qani'' qo‘shig‘i yangrarkan sahnaga mashhur Charli Chaplin tashrif buyurib, raqqosalar bilan birga raqs tushgan Rayhon Chaplinga alohida e’tibor qaratdi.
Monitorda falsafiy ma’nodagi video namoyish etilib unga qadar libosini alishtirishga ulgurgan xonanda sahna markazidan yuqoriga ko‘tarilib ''So‘nggi nafas'' qo‘shig‘ini kuylay boshladi. Ketma ket sho‘x taronalar ulanib raqqosalar bilan tengma-teng raqsga tushgan Rayhonni bemalol professional raqqosa, deb aytishimiz mumkin. Ta’sirchan taronalar va sahnadagi aktyorlar ijrosi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Xonanda hayoti va ijodida muhim hisoblangan, marhum onasiga bag‘ishlangan ''Mama'' kompozisiyasini ijro qilarkan nafaqat o‘zi balki butun zalda o‘tirganlarning ko‘ziga yosh qalqidi. 
Mazkur taronadan so‘ng Rayhon, bu yilgi dasturini to‘liq kino sohasiga bag‘ishlashining asosiy sababi, ota-onasi o‘zbek kinosan’atiga katta hissa qo‘shgan aktyor va aktrisalar bo‘lgani, ularga hurmat sifatida bugungi dastur mavzusi tanlanganini ta’kidlab o‘tdi. Onasi olamdan o‘tganiga uch yil bo‘lganini yodga olgan xonanda, o‘tgan vaqt ichida onalik bahtiga erishganidan minnatdor ekanini aytib, farzandlari uchun atalgan ''Asalim mani'' taronasini ijro qildi. Monitorda esa Imron hamda Islomning chaqaloqlik davridan bugungi kungacha bo‘lgan fotosuratlari namoyish etildi. Bu esa bolajonlarini keng ommaga ko‘rsatgan ilk namoyishi bo‘ldi. 
''Yonimga qayt'' taronasi davomida Parij ko‘chalarida oshiq rassom bilan sayr etgan xonanda, ''Sensan'' qo‘shig‘ini hind raqqosalari bilan birga raqs tushib kuyladi. Hind filmlariga hos kichik sahna ko‘rinishi bilan tomoshabinlarni qiziqtirgan bu sahna ko‘rinishi yorqin va rang-barang raqslarga boy bo‘ldi.


Eng kulminasion nuqtalardan biri Rayhon va Lola ijrosidagi ''Yuragim'' nomli, anchadan buyon sir tutilayotgan duet bo‘ldi. ''Ne bo‘lar'', ''Bahtli bo‘laman'', ''Qaerdasan yorim'' qo‘shiqlari muxlislari qalbidan joy olgani uchun ham ijro davomida tomoshabin xonanda bilan birga kuyladi. 

Bugungi konsert dasturi haqida holis fikr bildirsak, hali hech bir xonandaning konsertida kuzatilmagan g‘oya, ajoyib va antiqa dekoratsiyalar, namoyish etilgan mahsus videomahsulotlar, bularning barchasi maqtovlarga sazovor. Ammo, eng e’tirofga loyiq tarafi, Rayhonning professional raqqosalardek raqs tushishi va bu yilgi dasturda deyarli ellik foiz qo‘shiqlar jonli tarzda ijro etilgani edi.
 Oldinda yana uch kunlik dastur taqdimotida Rayhonga kuch-kuvvat va omad tilaymiz!
Manba:popcorn.uz


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19450 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola, konsert, Rayhon, konsert 2015
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Rrr19941994 лола ярашмади куйллакга
Like | 0
Guli пишет: | 01.03.2015 | 00:05 #3 Страница с комментарием
guli101192 Omad Rayhonga
Like | 0
LARGOVING Sizni sevaman Rayhon doim siz bilanmiz omad
Like | 0
samiya Rayhonga omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное