Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon konserti haqidagi ayrim e’tirozlarga qat’iy javob qaytardi!


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning instagramiga joylagan yangi “Post”i ko‘pchilikni hayron qoldirgani aniq. Ayni kunlarda hisob bo‘yicha o‘n beshinchi yakkaxon dasturiga tayyorlanayotgan xonandaning fikrlariga siz ham e’tibor bering.
“Hurmatli jonli ijroni “Tushunadigan” insonlar! Jonli ijro yoki fonogramma haqida izoh yozishdan avval, san’at haqida biroz bo‘lsa ham tushunchaga ega bo‘lishingiz kerak, nazarimda. Ayniqsa, suratlarga anonim tarzda izoh yozuvchilar, siz o‘zingizni noo‘rin gaplaringiz bilan konsertga tayyorgarlik ko‘rayotgan yuzlab insonlarning mehnatiga hurmatsizlik qilayotganingizni o‘ylab ko‘rdingizmi? Menimcha, har narsada yomonlikni izlashdan ko‘ra, o‘z hayotingizga va yaqinlaringizga vaqt ajrating. O‘zingizni seving va baxtli bo‘lishga harakat qiling…” deydi u, o‘z instagram sahifasida.
Shu o‘rinda mana shu mavzu yuzasidan bir ma’lumotga diqqat qaratishingizni so‘rardik! ” Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunida “O‘zbekiston hududidagi konsertlarda ijro etiladigan qo‘shiqlarda birgina elektron musiqadan qo‘llanilsa, barcha hujjat va reklamalarda “Fonogramma orqali ijro etiladi” , deb ko‘rsatilishi shart”, deb yozilgan. Shu kungacha, yurtimizdagi barcha tadbir va konsertlarda bu qonunga amal qilib kelinyapti. Aynan Rayxon Ganiyevning yakkaxon dasturiga kelsak, bilamizki, uning aksariyat qo‘shiqlari – zamonaviy yoshlarbop yunalishda. Ularga musiqiy bezak berishda albatta kompyuter tehnikasidan foydalaniladi. Demak, xonanda va tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasining qonun doirasida ish qilishyapti. Arzimagan joyda kamchilik izlab, tanqid kilayotgan “muxlislar” esa yuqoridagi ma’lumotdan o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishadi, degan umiddamiz!
Xulosa o‘rnida esa siz sevgan Rayhon va uning ahil ijodiy guruhi bilan fevral oyida haqiqiy ShOU dastur taqdim etishga hozirlik ko‘rishayotganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Unutilmas shou konsert tafsilotlarini kuzatib boring!



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5008 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Surayyo пишет: | 25.12.2017 | 13:43 ( E-mail ) #3 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Zo'r men o'sha tanqidchilarga mana shu gaplarni aytmoqchi ya'ni yozmoqchi edim. Jonlimi jonsizmi o'ziga yarasha maftunkor va yoqimli ovozi bor menga barcha taronalari o'zi ham juda yoqadi. Rayhon opa men sizga omad tilayman! Moyey sestra olg'a!
Like | 0
Gavxar78 Ajoyib sizdan yangiliklar yangi taronalar kutib qolamiz
Like | 0
Azamat4342 Har doimgide shou boliwini kutamz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное