Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. TisMarHan-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon, Munisa Rizayeva,Sarvar va Komil Kanizaning Ayblovlariga Munosabat bildirdi

Xonanda Kaniza konsert oldi matbuot anjumanida bir nechta hamkasblarini undan g‘oya o‘g‘irlaganlikda ayblagani haqida xabar
berilgan edi.
Rayhon, Munisa Rizayeva Sarvar va Komil Kanizaning e’tirozlariga “Hordiq” gazetasi orqali munosabat bildirdi.
Rayhon:
—Men Kanizaning qo‘shiqlarini eshitmaganman. Kecha telekanaldan ham qo‘ng‘iroq qilishdi va shu mavzuda ko‘rsatuv tayyorlamoqchi ekanliklarini aytib, intervyu berishimni so‘rashdi. O‘zimga ep ko‘rmaganim uchun rozi bo‘lmadim. “Tabib” qo‘shig‘imning mualliflari Sarvar va Komil faqat birgina so‘z o‘xshash ekanligini ma’lum qilishdi.
Sarvar (Rayhonning so‘nggi xit taronalari aynan shu ijodkorga tegishli):
—O‘zbek tili juda boy til. Rayhonning “Tabib” taronasi ilk bora yangi konsertida yangragan edi. Biz “tabib”, “habib” degan so‘zlarni Kaniza qo‘shiq qilib aytmasidan oldinroq ham bilganmiz va bemalol bu so‘zlardan foydalanganmiz. Bu so‘zlarni Kaniza xususiylashtirib olmagan. O‘zbek tilining lug‘atidan istagan odam istganicha foydalanishi mumkin. Bundan chiqdi, Kaniza qo‘shig‘ida “Jonon bo‘laman” jumlasidan foydalansa, demak shu qo‘shiqdan o‘g‘irlagan bo‘lar ekan-da?! Kanizaning e’tirozi, ochig‘i, bizning kulgumizni keltirdi. 
Munisa Rizayeva: 
—Kaniza kabi mening ham o‘z yo‘nalishim va didim bor. Bizni solishtirishning o‘zi, bilmadim, qanday bo‘ladi? Umuman olganda, nafaqat Kaniza, balki hech kimga taqlid qilmayman. Ayniqsa, kiyinish borasida! Har bir o‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash uslubi bor. Men ham klipimda ro‘molni ayollarimiz o‘raydigan usullardan foydalangan holda o‘raganman. Bundan chiqdi, klipida ro‘mol o‘rab chiqqan har bir xonanda Kanizaga taqlid qilgan bo‘ladimi?
U o‘zbekona urf-odatlarimiz-ku! Men “Yonar” nomli qo‘shig‘imga ishlangan klipda haqiqiy o‘zbek kelini obrazini ko‘rsatib berganman va u Kaniza yaratgan obrazdan farq qiladi. 
Kaniza o‘z ustida qanday ishlayotgan bo‘lsa, biz ham undan kam izlanayotganimiz yo‘q.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11341 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kaniza, Sarvar va Komil, Rayhon, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Ahowaho A bu bowqa gap. Kep kep kanizadan õğirliydimi. Kanizaxon sal extiyot bõlib gapirin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное