Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon odamlarni tilanchilarga sadaqa berishdan qaytardi

Uning tilanchilar haqida yozib qoldirgan mulohazalari internet olamida muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ijtimoiy tarmoqlarda eng faol san’atkorlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib uni instagramda 326 mingdan ziyod foydalanuvchi kuzatib kelmoqda. G‘aniyevaning bugun instagramga joylagan surati va unga qoldirgan izohi ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi.

Metro bekatidan chiqish yo‘lagi va ko‘cha-ko‘yda qo‘lida go‘dagi bilan tilanchilik qilib o‘tirgan ayollarning suratini joylagan xonanda unga quyidagicha izoh qoldirdi. “Tilanchilik – biznes?! Murg‘ak bola – biznes quroli! Manfur biznesga yo‘l qo‘ymang! Ularga pul bermang! Ko‘chada bolali tilanchi ayollarga duch kelsak, ko‘pincha ularning bolalari uxlab yotganiga guvoh bo‘lamiz. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ularning qo‘ynidagi murg‘ak bolalar doim uxlab yotadi? Vaholanki, go‘daklar doimo uxlamaydi, aksariyati esa tinib-tinchimas, sho‘x bo‘ladi. Bola harxashasi tilanchilik jarayoniga xalaqit berishi mumkin. Bugun dunyo miqiyosida tilanchilik “qora” biznes sifatida quloch otayotgan paytda, tilanchilar qo‘lidagi bolalar ana shu biznesning bir qismiga aylanmayaptimi? Nega tilanchilar qo‘lidagi bolalar doim uxlab yotadi?”

Xonandaning yuqoridagi fikrlari instagramda muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylandi. Kimdir Rayhoning mulohazalarida jon borligini aytsa, yana boshqalar xonandani bechoralarga ko‘mak berishdan qaytarishda ayblamoqda. “Bu ularning bolalari emas. Bu bolalar o‘lib ketaveradi, ular esa yangisini izlab topishadi”, deya qo‘shimcha qildi kuyunchaklik bilan Rayhon. Xonandaning bu mavzuga nisbatan keskin munosabat bildirganini ko‘rib, ona bo‘lgach dunyoqarashi ancha o‘zgarganini sezish qiyin emas.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12096 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tilamchi, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
5913435 Rayhonni gapi tori. Tilancila kopayb ketvotti hamma pul beradi odamla db cquradi. iwlab pul topsa boladiyu, Tricilini aybi yo db bunaqa odamlaga etilmidi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное