Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rayhon Yigitali Mamajonov ishtirokidagi videoga izoh qoldirdi

Aktyor Yigitali Mamajonov 2 oktabr kuni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan videorolikka, aktyorning ko‘plab muxlislari qatorida, uning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon ham munosabat bildirdi.
Yigitali Mamajonov Instagram’da qoldirgan izohga ko‘ra, videolavha 2015 yil 7 oktabr kuni, rejissyor Andrey Arutyunov rahbarligida suratga olingan. Xivadagi tarixiy obidalar ichida olingan rolikda aktyor murakkab jangari va parkur harakatlarini, tan olish kerak, mahorat bilan amalga oshirganini ko‘rish mumkin.
Mazkur videolavhaga Yigitali Mamajonovning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon G‘aniyeva: «Juda zo‘r. Barakalla, Yigitali», — deb munosabat bildirgan. Bunga javoban Yigitali: «Rayhon, rahmat!», — deb javob qaytargan.
Rayhon G‘aniyevaning-da olqishiga sazovor bo‘lgan ushbu videolavha qachon, qaerda, nima uchun olinganini bilish maqsadida Daryo.uz nashri aktyor bilan bog‘landi.
«Bu qisqa metrajli film. Unda boshqa bir aktyorning o‘rniga dublyorlik qilganman. Ushbu film ‘Oyqiz ertagi’ tarixiy ertak-filmining suratga olish ishlari oxirida suratga olingan edi», — dedi Yigitali Mamajonov.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6778 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yigitali Mamajonov, Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное