Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yigitali Mamajonov: “Rayhon oilamiz tiklanishini xohlayotgandir, ammo men...”

Aktyor Yigitali Mamajonov va xonanda Rayhon G‘aniyevalarning oilasi atrofidagi mish-mishlar haligacha tingani yo‘q. Muxlislar aktyor va xonanda o‘rtasidagi munosabatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilmoqda. 
“Daryo” nashri Yigitali Mamajonov bilan intervyu uyushtirdi va aktyorning shaxsiy hayoti borasidagi ayrim savollarga javob oldi
“San’atga qanday qilib kirib kelgansiz, degan qolip savol bor. So‘nggi vaqtlarda eng jonga tekkan savol: ‘Nimaga ajrashib ketdingiz?’. Birinchidan, bu shaxsiy hayot. Ba’zilar: ‘Biz muxlismiz, mashhurlarning shaxsiy hayotini bilishga haqqimiz bor’, deyishadi. Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot. Siz san’atga qanday kirib kelganimizni, ijodimizni bilishingiz, buni tanqid qilishingiz mumkin. Muxlislarning hayotimizga aralashishlarining iloji ham, haq-huquqlari ham yo‘q, shunday ekan, shaxsiy hayotimiz haqida ham bilishlariga haqlari yo‘q”,— deydi aktyor jurnalistlar tomonidan beriladigan, unga yoqmaydigan savol haqida gapirar ekan.
Aktyor Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savolga esa quyidagicha javob berdi: 
“Bilasizmi, men biror insonga nisbatan gina saqlab yurmayman, yaxshi muomala qilaman, yomon muomalada bo‘la olmayman. Balki, Rayhon oilamiz saqlanib qolishini, tiklanishini juda xohlayotgandir, ammo men xohlamayapman. Chunki buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, Siz daraxt ekib kelayapsiz-da, kimdir boshqa tomondan kelib, uni yulib ketaversa, qanday qilib bog‘ barpo bo‘lishi mumkin? Yoki Siz daraxt ekayapsiz, kimdir unga suv quyib turmasa, hatto harakat ham qilmasa, u bog‘ ko‘karmaydi, yashnamaydi. Bunday bog‘ yaratgandan, yaratmagan yaxshiroq, deb o‘ylab qoldim”


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19170 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon, Yigitali Mamajonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
dovud__bek092 Э сити шахсий хаетизга кизикканимиз йук ,пишт пишт
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное