Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Rishod Sobirov dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun, 25-avgust kuni musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini 66 kg vazn toifasidagi polvonlar boshlab berdi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Rishod Sobirov himoya qilayotgandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Olimpiya o‘yinlarining ikki karra bronza medal sovrindori jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sobirov o‘tish bahsida avvaliga italiyalik Elio Verdeni, keyin esa qozog‘istonlik Yeldos Jumaxanovni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rishod Sobirov dastlab venesuelalik Serxio Matteyni, keyin armanistonlik Arsen Gazaryanni, nimchorak finalda yaponiyalik Masashi Ebinumani mag‘lubiyatga uchratgandi. Ammo chorak finalda koreyalik Baul Anga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3218 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rishod Sobirov dzyudo bo‘yicha jaho
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
shoxislom5758 Zor malades
Like | 0
Dragones Rishod ham vazn almashtirgandan keyin ancha pasayib ketdi.
Like | 0
NaTaLi Баракалла
Like | 0
AzSoSe Admin ne kament yozsam ko'rinmayapti
Like | 0
AzSoSe Olg'a Rishod
Like | 0
NuR_KR Rishod akadan chempionlik kutudik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное