Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiya telekanali O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olishni boshladi

Rossiyaning “Kultura” telekanali “O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmini suratga olish ishlariga kirishdi. Bir soatga mo‘ljallangan mazkur hujjatli film Rossiyaning “Kultura” telekanali, O‘zEOAVMA va “Karavan-TV” hamkorligida suratga olinadi. Bu haqda O‘zEOVMA ma’lum qildi.

Filmda zamonaviy O‘zbekistonning bir necha asrlik an’analari va donishmandlarining aql-zakovati bilan hamohang ravishda rivojlanib borayotgani haqida so‘z boradi. Ular har bir qadamda uchrashib, hamjihatlik va totuvlikda kun kechirmoqda.

Shunday qilib, Toshkent shahrida Islom dinining haqiqiy qadriyatlarini o‘rganuvchi Islom madaniyat markazi, Samarqand shahrida va 1536-yilda qurilgan, ayni paytda ham talabalar ilm olayotgan Mir-Arab madrasasida islom dunyosining olim va ulamolari merosini o‘rganuvchi Xalqaro islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

«O‘zbekiston har doim turli dinga va madaniyatga e’tiqod qiluvchi odamlar ahil-inoqlikda yashaydigan tolerant hudud bo‘lib kelgan. Bunga suratga tushirish rejalashtirilgan Samarqand shahrida joylashgan avliyo Doniyor maqbarasini, Toshkent shahridagi katolik va pravoslavlarning Uspenskiy soborini misol keltirishimiz mumkin. Biroq hujjatli filmning asosiy g‘oyasi va leytmotivi mamlakatdagi eng boy madaniy va tarixiy meros hisoblangan, O‘zbekiston olimlari tomonidan o‘rganib kelingan eng qadimiy yodgorliklar yozuvi hisoblanadi. Biz sizga ota-bobolar va muqaddas Islom an’analariga sodiq holda zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va uning xalqi haqida hikoya qilamiz.»

Valeriy Belov, film rejissori

Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov O‘zEOAVMA uchun bu Rossiya telekompaniyasi bilan navbatdagi filmni suratga olish loyihasi bo‘lganligini ta’kidladi.

«Biz ilgari ham mashhur “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston — qumliklar durdonasi” va Qoraqalpog‘iston haqidagi “Vaqt qumliklari aro” nomli hujjatli filmlarni suratga olganmiz. “Kultura-Rossiya” telekanali bilan qilgan hamkorligimiz Respublikamizning mustaqillik bayrami uchun munosib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz.»

Firdavs Abduxoliqov, film prodyuseri

“O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmining suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga tasvirga olish jarayonida tabiat manzaralaridan, kino va foto hujjatlardan, muzey artefaktlaridan, shaxsiy arxiv va arxiv kadrlardan foydalaniladi.

Filmda mashhur arxitektorlarning, olimlarning, tarixchi va xattotlarning, O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholining intervyulari yangraydi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3090 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hujjatli film
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное