Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Jumong-soundtreck
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda koronavirus haqida hujjatli film suratga olinadi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi yordamida COVID-19 haqida film tayyorlashga kirishdi.

Filmni agentlik qoshidagi «Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi» suratga olmoqda.
Film kinoxronika ko‘rinishida bo‘lib, unda virusning O‘zbekistonda tarqalishi, shuningdek COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Unda koronavirus bilan kasallanganlar uchun qurilayotgan shifoxonalar haqida lavhalar, hukumat a’zolari, tibbiyot xodimlari, ekspertlar, huquq-tartibot idoralari vakillari hamda tuzalib chiqqan bemorlarning intervyulariga keng o‘rin beriladi.
«Bugun qahramonlarimiz boshidan kechirayotgan og‘ir sinovlar haqida hikoya qilish orqali biz O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi olib borilayotgan shiddatli kurash manzaralarini, davlatimiz tomonidan fuqarolarimiz va iqtisodiyotimizni himoya qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rsatishni maqsad qilganmiz, - deydi «O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Biz shuningdek, bu jarayon butun dunyoda, xususan bizning mamlakatimizda qanday vujudga kelgani va rivojlanganini, bu mudhish pandemiyaga qarshi qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rsatib beruvchi videmateriallar bazasini ham yaratamiz. Ana shu baza tufayli kelgusida tadqiqotchilar va ekspetlar COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. Biz ayni paytda yangi O‘zbekistoninng jiddiy sinovlar davridagi tarixini yozish va suratga olishga kirishganmiz».


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2349 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, hujjatli film
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное