Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Ukrainani “Rojdestvo sulhi”ni buzganlikda aybladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani “Rojdestvo sulhi”ni buzganlikda aybladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Bayonotga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari 6-yanvar soat 12:00 dan 7-yanvar 24:00 ga qadar “o‘t ochishni to‘xtatish rejimi”ga rioya qilgan bo‘lishiga qaramay, “Kiyev rus qo‘shinlarining aholi punktlari va pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etgan”.

Krasnolimanskiy yo‘nalishida Ukraina harbiylari Rossiya pozitsiyalariga to‘rt marta minomyotdan zarba bergan. Belogorovka aholi punkti hududida yana uchta o‘q otish qayd etilgan, Novopavlovka aholi punktidan sakkizta artilleriya o‘qlari otilgan.

“Ukraina qurolli kuchlarining o‘qqa tutishi Rossiya qo‘shinlarining javob o‘qlari bilan bostirildi”, — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili.

Ukraina harbiylari 6-yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan boshlab Donetskdagi Rossiya pozitsiyasini uch marta o‘qqa tutgani, Petrovskiy tumaniga jami 155 mm kalibrli o‘nta snaryad uchirgani aytilmoqda.

Rojdestvo sulhi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6-yanvar soat 12:00 dan 7-yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishni buyurgan. Mazkur qaror pravoslavlarning cherkovga borishi uchun qabul qilingan. Moskva Kiyevni ham o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Rojdestvo bayramini niqob qilib, rus harbiylariga jihozlar, o‘q-dorilar yetkazib berish, safarbarlarni pozitsiyalarga yaqinlashtirishni ko‘zlaganini aytdi. Prezident ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya taklifini ikkiyuzlamachilik deb atadi. U sulhga rozi bo‘lish uchun Rossiya bajarishi kerak bo‘lgan ikkita shartni aytdi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ham sulh bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. U Rossiya bilan “Rojdestvo sulhi” bo‘yicha hech qanday muzokara olib borilmasligi, “tajovuzkor davlat” Ukraina hududini tark etishi kerakligini aytdi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 731 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rojdestvo, sulhini, Rossiya, buzganlikda, Ukraina, aybladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное