Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada o‘zbekistonlik vatandoshining boshiga tepib o‘ldirib qo‘ydi
Rossiyada ko‘chadan 23 yoshli o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari yozmoqda. 

Qayd etilishicha, ko‘chada o‘lgan o‘zbekistonlikni shifokorlar Smolenka daryosi qirg‘og‘idagi tibbiy amaliyot xonasiga olib kirishgan. 

Shundan so‘ng, uning o‘lim sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan, biroq hech qanday jarohat asoratlari aniqlanmagan. 

Maʼlum bo‘lishicha, yigit boshiga tushgan zarbadan vafot etgan. Holat yuzasidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish oqibatida odamni o‘lim holatiga olib kelish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xavfsizlik xodimlari jinoyat yuzasidan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Ayblanuvchi joriy yilning 9 avgust kuni yotoqxonada o‘zaro janjal oqibatida tanishining boshiga tepgani aniqlangan. U protsessual tarzda qamoqqa olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirilgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1042 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘ydi, boshiga, o‘zbekistonlik, Rossiyada, vatandoshining, tepib, o‘ldirib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное