Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada 78 yoshli o‘zbekistonlik ayol kaltaklanib, ko‘chaga tashlab ketildi


Kaltaklangan holatda ko‘chaga tashlab ketilgan 78 yoshli o‘zbekistonlik ayol topildi. Bu haqdagi xabarlar “Rossiya 24” telekanali, “Komsomolskaya pravda” gazetasi va boshqa bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan bo‘lib, unda Nella Stepanovna Chevtayeva og‘ir ahvolda ko‘chadan topilgani yoziladi.

U Belarusda o‘z o‘g‘li bilan doimiy yashash uchun joriy yilning 16 dekabr kuni “Domodedovo” aeroportiga uchib kelgan. Keksa onaxon ko‘ngillilar tomonidan og‘ir ahvolda topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 25 dekabr kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga jabrlanuvchi Nella Stepanovna Chevtayevaning nabirasi murojaat qildi va unga shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirildi hamda to‘ldirish uchun anketalar berildi. Lekin u buvisi haqidagi ma’lumotlarga ega emasligini bildirib, hujjatlarni olib ketgan va Konsullik bo‘limiga boshqa murojaat etmagan.

Hozirgi vaqtda Elchixonaning Konsullik bo‘limi xodimi jabrlanuvchiga yordam berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat masalasini hal qilish uchun Nella Stepanovna Chevtayeva joylashgan joyga yetib borgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7573 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘chaga, Rossiyada, kaltaklanib, o‘zbekistonlik, tashlab ketildi, Ayol, 78 yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное