Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Titanik-soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ruslan Sharipov: Hammasiga o‘zim aybdorman

Bir muddat avval O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bugungacha xit bo‘lib kelayotgan qator taronalar muallifi hisoblangan Ruslan Sharipovning suratlari internetda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan MY5 (“Mening yurtim”) telekanali ijodkorlari san’atkordan qisqa intervyu oldi.
“Hammasiga o‘zim aybdorman. Yoshim 52 ga chiqdi va hayotimdagi eng qimmatli jihat — mening qizlarimdir”, — dedi Ruslan Sharipov MY5 telekanaliga bergan intervyusida.
Ruslan Sharipov o‘z vaqtida u bilan birga ishlagan yoki u bilan hamkorlik qilgan bir qator san’atkorlarning ko‘p yillardan beri barqaror ijod bilan shug‘ullanayotganini alohida ta’kidlab, ularni olqishladi.
“Menga yoshlar juda yoqadi. Masalan, Ziyoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, Manzuraning qo‘shiqlari ma’qul. Lekin ular bilan deyarli muloqotda bo‘lmayman”, — dedi Ruslan Sharipov.
“Men birgalikda qo‘shiq yozishni istaganim san’atkorlar ro‘yxati katta. Chunki yozish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar juda ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi Ruslan Sharipov.
Avvalroq Instagram’da Ruslan Sharipovning sahifasi paydo bo‘lgani, biroq u soxta deb taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Sharipovning onasi esa “Darakchi” nashriga bergan intervyusida o‘g‘lining o‘zi hammasiga aybdor ekanini aytib o‘tgan edi.
 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10644 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ruslan Sharipov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное