Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rashid Xoliqov: “Ruslan Sharipov 17 yil avval javobimni berib yuborgandi”

Biroz avval xonanda va bastakor Ruslan Sharipovga oid ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan suratlar xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, ko‘pchilik san’atkorlar, xususan, xonanda va bastakor Shahnoz Ruslan Sharipovning suratlarini tarqatganlarga e’tiroz bildirgandi.
 
Xonanda va bastakor Ruslan Sharipovning holidan xabar olish kerakligini aytib, u bilan bir vaqtda ijodini boshlagan, hamkorlik qilgan san’atkorlarning shaxsiy sahifasiga tinimsiz maktub qoldirayotganlar talaygina. Ulardan biri Rashid Xoliqovga ham murojaat qildi. Gap shundaki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga “Bojalar” guruhi xonandasi Jahongir Poziljonovning xonadonida tushgan suratini joylashtirdi. Bu suratga esa Xoliqovning kuzatuvchilaridan biri “Esiz bir vaqtlar estradada muhim o‘rin tutgan, ancha xonandalarning shu darajaga yetishiga sababchi bo‘lgan Ruslan Sharipovni hech kim yo‘qlamas ekan, ayniqsa, Tohir Sodiqov. Afsus, hammalaridan ko‘ngling qolarkan”, deb izoh yozdi. Rashid Xoliqov ham bu e’tirozni javobsiz qoldirmadi. Xonanda bundan 17 yil avvalgi voqealarni xotirlab, quyidagicha javob yozdi:
 
“Siz xafa bo‘lmang. Ruslan menga 1999 yilda “Qo‘shiq yozmayman, endi sen nima qilasan”, deb savol bergan. “Siz qo‘shiq yozmasangiz ham hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb aytgandim. Mana 17 yil o‘tibdi. Xudo degan odamga boshqa joydan yetkazaverarkan. Qo‘shiqlar ham yozilyapti, kliplar ham olinyapti. O‘g‘limga ham qo‘shiqlar yozishyapti.
 
Ruslan juda yaxshi inson, lekin Farrux Zokirov, Izzatilla Ibragimov, Yulduz Usmonova Ruslan menga “Ey, aziz yurtim” qo‘shig‘ini yozganidan keyin buyurtma berishni boshlashdi. Ruslanning boshi aylanib mening javobimni berib yubordi. Ha, mayli sog‘ bo‘lsinlar. Tarixdan xabaringiz bo‘lmasa, noto‘g‘ri qaror chiqarmang, iltimos. Men haligacha uni hurmat qilaman. Mana ozgina bo‘lsa ham tarixni bilib oldinglar. O‘ylaymanki, hech kimni xafa qilmadim”.
 
Rashid Xoliqovning javobidan so‘ng, ko‘pchilik muxlislar undan o‘rtadagi ginalarni unutib, Ruslan Sharipovning holidan xabar olishini so‘rashdi. Xoliqov esa bu murojaatlarga bepisand qaramadi. Aksincha, Ruslan Sharipovdan xabar olishga, hatto, selfi tushishga va’da berdi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10712 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ruslan Sharipov, Rashid Xoliqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное