Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Rashid Xoliqov: tamakining turgan-bitgani tashvish, sog‘liqqa zarar

Xonanda Tohir Sodiqov tamakining ziyonini bilsa-da, lekin haligacha chekadi, aktyor Murod Rajabov esa 50 yildan beri kashanda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Tamaki sog‘liqqa zararligini bilaman, lekin haligacha chekaman. Ochig‘ini aytay, tashlashga harakat ham qilib ko‘rmaganman. Chunki uddasidan chiqolmasligimni yaxshi bilaman”, — dedi xonanda Tohir Sodiqov.
Aktyor Murod Rajabov esa chekishni tashlashga urinib ko‘rmoqchi. “Salkam 50 yildan beri kashandaman. Sog‘liqqa ziyonini bilib, tashlashga harakat qildim, ammo tashlolmadim”, — dedi taniqli aktyor.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov esa tamaki hidini yomon ko‘radi, biror marta ham chekib ko‘rmagan. “Qiziqish, hatto havas bo‘lmagan. Buning ustiga tamaki chekish bugun urfda emas. Turgan-bitgani tashvish”, — deydi xonanda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, xonandalar Jasur Umirov, Abdurashid Yo‘ldoshev, Davron Ergashev, shuningdek, aktyor Umid Iskandarov ma’lum muddat chekib, so‘ng bu odatni tashlagan. Rashid Xoliqovdan tashqari, “Eldido” guruhi a’zosi Dilniyoz G‘ofurov esa hech qachon chekmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2909 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tamaki, sog'liq uchun zarar, Rashid Xoliqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное