Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Tamaki qaramligidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Farzand ko‘rishni rejalashtirayapsiz. Shifokor ko‘rsatmasi bilan turli vitamin va dori-darmonlarni qabul qilasiz, sog‘lom turmush tarzi tarafdorisiz. Xo‘sh, bu ishlarda juftingizning hissasi bormi? So‘raganimiz bejiz emas. Norvegiyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot xulosasiga ko‘ra homila sog‘lom rivojlanishi uchun nafaqat ayol balki erkakning ham zararli odatlari xususan spirtli ichimliklar va tamaki maxsulotlaridan voz kechishi lozim ekan. 13 ming erkak va ayol ishtirokida o‘tkazilgan kuzatuvda aynan erkakning kashandalik balosiga mubtalo bo‘lgani tug‘ilajak bolada astma xastaligi rivojlanish ehtimoli borligini ko‘rsatgan. 
Fahmlaganingizdek, bugun tamakining sog‘liqqa ta’siri va undan halos bo‘lish choralari to‘g‘risida suhbatlashamiz. Mavzu yuzasidan Respublika narkologiya markazi, Narkologiya 2 bo‘limi shifokori O‘ktam Tadjibaev ma’lumot beradi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, sayyoh Xristofor Kolumb Markaziy Amerikadan Yevropaga noma’lum turdagi o‘simlikni keltiradi. Avvaliga o‘simlikdan hosil bo‘lgan tutun jiddiy bezovtalik keltirib chiqarmaydi. O‘simlik barglarini quritib, naycha qilib chekishga odatlanishgach esa asta-sekinlik bilan unga tobelik yuzaga keladi. Chinakamiga tamaki ko‘rinishini olishi esa shved olimi Karl Linney tomonidan o‘simlikni xonakilashtirish natijasida sodir bo‘lgan. Undan olingan moddaga esa nikotin deb nom berishgan. Bir qarashda hech qanday g‘aliz niyatlarni ko‘zlamay amalga oshirilgan ishlar alal oqibat insoniyatning jiddiy muammosiga aylanishini kim ham o‘ylabdi deysiz. 
QURBONLAR SONI  ORTAYaPTI...
Har bir chekuvchi kishi tamaki sog‘lig‘i uchun naqadar xavfli ekanligini yaxshi biladi. Ammo o‘rgangan ko‘ngil o‘rtanib qo‘ymas qabilida ish tutib, kashandalik balosiga bas deyisholmaydi. Statistik ma’lumotlarga yuzlansak, yer yuzida har yili ikki-uch milliondan ortiq  insonlar chekishga ruju qo‘yish oqibatida hayotdan erta ko‘z yumishadi. Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumoti esa yanada daxshatli hodisalarni bashorat qilmoqda: olimlarning taxminlariga ko‘ra 2030 yilga borib bir yilda 10 millionga yaqin kishi tamaki qurboniga aylanishi mumkin. Aytishga oson, ammo tasavvur qilinsa manzara juda ayanchli. 
 
Tamaki chekish umringizni 5-10 yilga qisqartiradi. Nahot shu yillarni asrab qolishni istamasangiz. Oilangiz, farzandlaringiz, asosiysi o‘zingiz uchun...
OXIRI «VOY» ...
Chekish dastlab o‘pkani zararlaydi. O‘pka alveolalari va mayda bronxlar tamaki zaharidan ishdan chiqadi. Kilorod yetishmovchiligi yuzaga kelgach, bronxlardagi surunkali yallig‘lanish uzoq va davomli yo‘tal xurujlarini keltirib chiqaradi. Bu esa ko‘p hollarda obstruktiv o‘pka bronxiti – og‘ir surunkali o‘pka xastaligiga sabab bo‘ladi.  Eng yomoni kashandalik o‘pka saratoni rivojlanishini yuzaga keltiradi. Tamaki tutunida 3 mingdan ziyod kimyoviy moddalar bor, ulardan 60 ga yaqini saraton hujayralarini faollashtirishi mumkin. Shu bilan birga chekish asorati halqum, og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, me’da osti bezi, buyrak va siydik pufagiga ham nojo‘ya ta’sir etib, turli xastaliklarni qo‘zg‘atishi  hech gap emas. 
SARIQLIKNI SEZDINGIZMI?
Tish emalining sarg‘ayishi tamaki ta’sirining  belgisidir. Buni chekuvchilar yaxshi bilishadi. Biroq bu hali hammasi emas. Tamaki zaharidan teri silliqligi yo‘qolib, bora-bora sarg‘ayadi. Ajin tushib, erta keksayish alomati boshlanadi. «Erkakka chiroyni kim qo‘yibdi» deysizmi? U holda yegan luqmangiz bekorga ketayotganini ham bilarsiz? Bir dona sigaret organizmdan 25 mg S vitaminini o‘g‘irlab, D vitaminining singishiga to‘sqinlik qiladi. Oddiy shamollash yoki tumov ham bir necha haftalab davom etishi, teri jarohatlari 4-5 oygacha bitmasligiga javobingiz bormi? 
YaQINLARINGIZ HAM XAVFDA!
«Cheksam zarari menga, sizga nima» deyishga shoshilmang. Zero tamaki faqat chekuvchilarga emas, ularning yaqinlari ya’ni atrofidagi insonlarga ham zarar yetkazadi. Tamakidan ajralib chiquvchi tutun kattalarda o‘pka va nafas yo‘llari, turli allergik ta’sirlar hamda yurak faoliyati bilan bog‘liq bezovtaliklarga sabab bo‘lsa, bolalarda esa o‘tkir respirator kasalliklar qo‘zg‘alishiga zamin yaratadi.
ChEKIShNI QANDAY TAShLASh MUMKIN?
Rostini aytamiz, oson bo‘lmaydi. Nikotinga o‘rganga organizmingiz uni yana xumor qilganida jizzaki, asabiy bo‘lib qolishingiz, ishtahangiz yo‘qolishi yohud haddan ko‘p ovqat yeyish, bosh og‘riqlari yoki kayfiyat o‘zgaruvchanligi, uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Ammo tarozuning bir pallasida sog‘lig‘ingiz turganida bular nima degan gap. Yengib o‘tolasiz, to‘g‘rimi?
Sog‘lom hayotga qaytish yo‘lida quyidagi besh yo‘lni taklif etamiz:
1.  Chekishni tashlash kuni: qachondan boshlaysiz – ertaga yoki indin? Aniqlashtirib oling. Uy, ishxona hatto mashinadagi sigaretlarni ham yo‘q qiling. Sport bilan shug‘ullaning. Yugurish, suzish kabilar o‘pka tozalanishida asqotadi. 
2.  O‘zingizni chalg‘itishga harakat qiling. Agar sigaret chekish xumor qilaversa yalpiz ta’mli konfet yoki shunga o‘xshash biror shirinlik yoki saqich bilan ta’m bilish sezgisini aldashga urining. Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching, meva va sabzaot sharbatlari ayni muddao. 
3.  Shifokorga murojaat eting. Hozirda tamaki qaramligidan halos bo‘lishning bir qancha samarali usullari bor. Psixoterapiya, dori – darmonlar hamda ko‘makchi vositalar yordamida norkolog mutaxassis mushkulingizni oson qiladi. 
4.  Yaqinlaringizdan yordam so‘rang. Bu illat birgina sizning tashvishingiz emas. Shunday ekan tamakiga qarshi kurashishda ular ham faol bo‘lishsin. 
EPLOLMASAM-ChI?
Bo‘lishi mumkin. Aksariyat chekuvchilar 3-6 oydan so‘ng  yana chekishni boshlashadi. Ammo bu hammasi tamom degani emas. Ma’lumotlarga ko‘ra bir necha martalik urinishlardan keyin tamakidan mutlaqo halos bo‘lganlar juda ko‘p. O‘ylaymizki siz ham ko‘pchilik qatoridasiz.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6159 | Рейтинг: 1| Рейтинг: tamaki, qaramlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное