Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Pazanda - The Sound of Love
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Samvel Babayan: "Bitta gap aytaman, ertaga g'alaba qozonmoqchimiz"




O'zbekiston va Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
Unga Marat Bikmaev hamrohlik qildi. 
"Ertaga biz guruh favoritiga qarshi o'ynaymiz. Bu jamoa ayni paytda FIFA reytingida Osiyoning eng kuchli jamoasi bo'lib turibdi. Tarkibida Evropaning kuchli klublarida o'ynaydigan futbolchilar bor. Eronni yaxshilab o'rganib chiqdik. Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga urinamiz", - deydi Babayan.
"Ertaga yaxshi o'yin bo'ladi. Umid qilamanki oldimizga qo'yilgan barcha rejalarni bajaramiz. G'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Bikmaev.
- Odil Ahmedovning holati haqida nima deya olasiz? 
- U Evropa ligasi doirasida klubi safida jarohat oldi. Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Balki ertaga uni maydonda ko'rarmiz. 
- Qatar bilan o'yinda o'ng qanot himoyamizda ko'plab xatolar bo'ldi. Balki ertaga To'xtaxo'jaevning o'rniga boshqa futbolchini ko'rarmiz? 
- To'g'ri sezdingiz. Qatar bilan bahsda xatolar kuzatildi. Biroq To'xtaxo'jaev markaziy himoyada o'ng qanotga o'tgani uchun xatolar bo'lib turadi. SHu bois unga to'liq ishonishda davom etaman. 
- Suriya bilan Toshkentda o'yinda hayajon sezildi, Qatarda esa erkin o'ynadik. Safarda jamoa osonroq o'ynayotgandek tuyulmoqda. 
- Guruhdagi har bir raqib kuchli, masalan Suriyani yirik hisobda yutamiz deganlar ko'p bo'lgandi. Ular Janubiy Koreya bilan durang o'ynashdi. Biz uchun har keyingi bahs eng muhimi. SHunday ekan ertaga Eronga qarshi uchrashuv biz uchun eng muhimi. 
- Ertangi o'yindan oldin sizni nima tashvishga solmoqda. Birinchi navbatda?
- Odil Ahmedovning yaxshi sport formasida emasligi tashvishlantirmoqda. Qolgan barchasi joyida. 
- Eron doim so'nggi daqiqalarda ko'p gol uradi. Siz bunga qarshi chora tayyorlab qo'ydingizmi? 
- Bu raqibni o'rganish jarayonida Eron bilan oldingi barcha o'yinlarni ko'rib chiqdik. Raqib hozir ham o'z falsafasini o'zgartirgani yo'q. Ertaga nasib qilsa bunga chora topamiz. 
- Eron kuchli jamoa deyapsiz, ertaga durang qayd etilsa siz bunga rozi bo'larmidingiz? 
- Keling oldindan qandaydir taxminlar qilmaylik. Futbol vaziyatlarga boy sport turi. Unda istalgan holat bo'lishi mumkin. Biz o'yindagi har qanday vaziyatga tayyormiz. 
 
- Masharipov yig'inga chaqirildi. Uning holati qanday? 
- Tarkibga chaqirilgan 23 nafar futbolchi ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli futbolchilar hisoblanishadi. Masharipov oxirgi o'yinlari orqali terma jamoaga munosib ekanligini isbotladi. 
- Ertaga O'zbekiston ko'proq hujumga o'tadi. Eron qarshi hujumda o'ynashi kutilmoqda. Mavsum oxiri bo'lgani uchun bizning futbolchilarning sport formasi pand bermaydimi? 
- Arab davlatlarida o'ynaydigan futbolchilar uchun mavsum boshlandi. Sardor Rashidov, Aziz Haydarov ham o'z klublari safida o'ynashdi. Mahalliy futbolchilar ham yaxshi holatdalar. Bitta gap aytaman, ertaga g'alaba qozonmoqchimiz. 
 
Narzulla Saydullaev


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3701 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samvel Babayan, Mtj
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
begzod118 albatta yutamiz g'alaba bizaniki buladi
Like | 0
NuR_KR Faqat g'alaba uchun harakat qilish kerak
Like | 0
Fazzuh G'alaba biz uchun eng muhumi. Avvalambor himoyaga etibor berish kerak. 4-2-4 taktikasini qo'llasa yaxshi bo'lardi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное