Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

San’atkorlarimiz nimalardan qo‘rqishadi?

“Fobiya” yunonchadan o‘zbek tiliga o‘girilganda, miyaga o‘rnashib qolgan, nazorat qilib bo‘lmaydigan qo‘rquv degan ma’noni anglatadi. Shuningdek hech bir sababsiz biror narsa yoki jonivorga nisbatan nafrat, uni qabul qila olmaslik hissi ham “fobiya” deb yuritiladi. 
Kimdir suvdan, kimdir balandlikdan qo‘rqadi. Quyida xonandalar Guli Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova va aktyor Rixsitilla Abdullaevlar nimalardan qo‘rqishini “Bekajon” gazetasi bilan o‘rtoqlashdi.
Guli Asalxo‘jayeva: “ Qadimgilar “suv balosidan, o‘t balosidan o‘zing asra!” deb bekorga aytishmagan. Dengizda, kemada yurishga yuragim yo‘q. Bepoyon, tubsiz suv asablarimni zo‘riqtiradi. Uni ko‘rib, o‘zimni boshqarolmay qolaman. Ummonni ko‘rishim bilan nafasim qaytib, quloqlarimga guvillab suv kirganini his qilaman. Shu bois, “Titanik” filmini oxirigacha ko‘rolmayman. Unda suv bilan bog‘liq hayajonli, qo‘rqinchli sahnalar juda ko‘p. Kinoijodkorlar filmni qanday suratga olishgan, hayronman”.
Hosila Rahimova: “Suvaraklarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Uni ko‘rishim bilan ular tanamda yurganday etim jimirlab ketadi. Bunga sabab, bolaligimda suvaraklar bilan bog‘liq noxush voqea bo‘lgan. O‘shanda men 11-12 yoshli qizcha edim. “Navnihol” folklor dastasi bilan konsert bergani qishloqlardan biriga borgan edik. Birpas dala shiyponida o‘tirdik. Keyin konsert boshlandi. Bizga navbat kelib, sahnaga chiqdik. Shunda qo‘shiq aytayotib, ichimda bir nima g‘imirlaganini sezib qoldim. G‘ashim kelganidan tomoshabinlarga bildirmay, ko‘ylagimni tortib ko‘rdim, urib ko‘rdim, befoyda. Oxiri chiday olmadim. Qo‘shiqni bazo‘r tugatib, dastadagi qizlar ta’zim qilayotgan paytda pana joyga o‘tib, ko‘ylagimni qoqqanimni bilaman, ichimdan ikki-uchta suvaraklar tushsa bo‘ladimi? O‘takam yorilib, qichqirib yuborganman. Shu-shu haligacha suvarakni ko‘rsam, seskanib ketaman, ular ichimda o‘rmalayotganday tuyuladi. Shuning uchun har bahor va kuz oylarida SES xodimlarini chaqirib, uyimizni suvaraklarga qarshi dorilatamiz. Bu bizning oilada odatga aylangan”.
Rixsitilla Abdullaev: “Samolyotda uchadigan bo‘lsam, albatta o‘zim bilan asablarni tinchlantiruvchi dorilarni olaman. Aslida ham samolyotda uchishdan oldin tinchlantiruvchi dori ichish tavsiya etiladi. Chet ellik kinoijodkorlar samolyot halokati bilan bog‘liq filmlar ishlashni yoqtirishadi. Triller janrida yaratilgan bunday filmlar odamni vahimaga solib qo‘yadi. Kinolarda samolyotlar portlab ketadi, qulaydi, izsiz g‘oyib bo‘ladi. Bunday filmlarni ko‘rsatishning nima keragi bor? Yana televizor orqali kun-kunora biror samolyot qulagani haqida xabar beriladi. “Shuni televizor orqali ko‘rsatish shartmikan?” deb o‘ylayman. Bu narsalar odamni battar vahimaga soladi”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6681 | Рейтинг: 0| Рейтинг: san’atkorlar, nimalardan qo‘rqishadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное