Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sardor Umurzoqov Qatar amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda amirlik devoni xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sardor Umurzoqov Qatar amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazgan.

Maktubda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari hamda hamkorlik masalalari to‘g‘risida so‘z boradi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning dekabr o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashgandi. O‘shanda Umurzoqov O‘zbekistonga qo‘shimcha ravishda kuniga 20 million kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 milliard kub metr) berish bo‘yicha kelishuvga erishgan va shartnoma imzolangan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 637 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yetkazdi, Shavkat Mirziyoyev, maktubini, Sardor Umurzoqov, amiriga, Qatar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное