Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Pazanda - Soundtrack
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Jumong-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ayol Qalbi - You can't say
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sergelida bir ayolni pichoqlagan jinoyatchi qo‘lga olindi


Kuni kecha Toshkent shahridagi Sergeli tumanida mast holdagi noma’lum shaxs bir qizni pichoqlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 iyul kuni soat taxminan 10:30 larda noma’lum shaxs Sergeli tumani hududida joylashgan “Rixsivoy” kafesida mast holda fuqaro Lyudmila Petrovna Mironovaning ko‘krak qafasi chap tarafiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatni sodir etganlikda ayblanib fuqaro Rixsivoy Erkinovich Hamidxo‘jaev qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, kishining sog‘ligi uchun shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsani qo‘llab, tan jarohati yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur voqeaga oid fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan keyin katta muhokamalarga sabab bo‘lib, hodisa yuz berishi bilan jabrlangan qizni tez yordam avtomobilida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi olib ketilgandi. Biroq Toshkent shahar IIBB xabarida jabrlanuvchining ahvoli hozirda qanday ekanligi haqida aniq ma’lumotlar keltirib o‘tilmagan.

Shuningdek, jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga egaligi aytilmoqda.

Akmal Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3863 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jinoyatchi, pichoqlagan, bir ayol, Sergeli, qo‘lga olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное