Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Sevishdan charchagan Tohir Sodiqovga 20+1 savol!

"20+1” loyihasi orqali mashhurlarning sizga noma’lum fe’l-atvori, qiziqishlari va qirralarini ochishda davom etamiz. Loyihaning navbatdagi mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toxir Sodiqov.

 

1. Sizni qanday atashlarini ma’qul ko‘rasiz?

 – Tohir Bahromjonovich!

 2. Sevimli asar yoki filmingiz qahramoni?

 – "Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmidagi Miloslavskiy (o‘g‘ri).

 3. Qaysi mavzuda suhbatlashish siz uchun qiziq emas?

 – Siyosat mavzusida.

 4. Ko‘nglingizga qattiq tekkan tanqid...   

 – Meni "giyohvand” deb aytishgani yoqmagan.

  5. Inson qadami yetmagan orolga to‘rtta eng muhim buyumni olib ketishga ruxsat berilsa...

 – Qozon, pichoq, bolta, tuz olvolardim.

 6. Sizningcha e’tiborga molik fazilatingiz?

 – Ishchanlik. Mehnat bo‘lsa, unum ham bo‘ladi.

 7. Eng asosiy kamchiligingiz?

 – Odamlarning aybini yuziga aytaman. Ichimda saqlab turolmayman.

 8. Nimadan ko‘proq charchaysiz?

 – Sevish va sevilishdan (kulib).

 9. Sizni tanqid qilishsa...

 – Menga bu yoqmaydi. Qanday tanqidligiga qarab munosabat bildirishim mumkin.

 10. Eng ko‘p takrorlaydigan so‘z yo gapingiz?

 – Allo.

 11. So‘nggi bor behudaga pul sarflagan vaqtingiz?

 – 2011 yil, Dubayda klip suratga olganimda xarajatim ko‘payib ketgandi.

 12. Pulni yaxshi ko‘rasizmi?

 – Judayam.

 13. Sevimli mashg‘ulotingiz?

 – Yonimdagilarga mehr ko‘rsatish.

 14. Kishilardagi qaysi kamchilikni kechirsa bo‘ladi?

 – Hammasini kechirish mumkin.

 15. Oxirgi o‘qigan asaringiz...

 – Badiiy asarlarni deyarli o‘qimayman. Oxirgi o‘qiganim ilmiy kitob edi.

 16. Idish-tovoq yuvganmisiz?

 – Doimo yuvaman, faqat ishxonada, uyda emas (kulib).

 17. Qanday qo‘shimcha qobiliyatga ega bo‘lishni istardingiz?

 – Suv tagida bir soat tura olsam edi...

 18. To‘liq baxtga ega bo‘lish uchun sizga nima yetishmaydi?

 – Bir dunyo pul!

 19. Hayotiy shioringiz?

 – "Faqat olg‘a yurish”.

 20. Siz zabt etgan eng yuqori cho‘qqi?

 – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni.

 20+1. Tohir Sodiqov qachon quyushqondan chiqadi?

 – Jahlimni chiqarishganda.

 Ma’lumot:

 ·         1973 yil 1 iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

 ·         Oilada 4 farzandning kenjasi.

 ·         San’atga qadam qo‘yganiga 25 yil bo‘lgan.

 ·         Ilk qo‘shig‘ining nomi "Esingdami sening, qish kunlari”.

 ·         Qo‘shiqlari soni 300 dan ziyod.

 ·         San’at olamiga kirishdan oldin sportning akrobatika, boks, gimnastika turlari bilan shug‘ullangan.



Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 6430 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Toxir Sodiqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
sanam Shahzoda bn ham suhbatlawilar
Like | 0
sanam Sevmli honandam un pul shuncali muhm ekanini bilmapman togri pul hammaga kere lekn baht keltirmedi
Like | 0
2778813 Klassssss
Like | 0
ananimus pul xamma narsani xal qiladi deb o'ylash noto'g'ri lekin qo'shiqlari yaxshi
Like | 0
аватар отсутствует 300-ta taronaning hammasi sotuvda yo'q atiga 170dan sal ortiq.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное