Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Shahzoda, dr. Costi va Faydee triosidan raqsbop tarona premerasi

8-oktabr kuni “O‘zbegim Taronasi” radiosida shou-biznesimizga yangilik bo‘lib kirib kelgan yangi taronaning premerasi o‘tkazildi. 
 Premera qilingan “Habibi” nomli qo‘shiq maftunkor honandamiz Shahzoda, ruminiyalik mashhur musiqachi, prodyuser Dr. Costi va avstraliyalik mahoratli xonanda, prodyuser Faydee tomonidan kuylangan. Rus tilida kuylangan bu taronaning musiqasi Dr.Costiga, matni esa Laymons Jyulpaga tegishli.  
Aslida bu Dr.Costi tomonidan yaratilgan katta xalqaro loyiha “Habibi” taronasi bo‘lib, bu qo‘shiqni kuylash uchun Dr.Costi Shahzoda ,Faydee hamda Shaggy ni taklif qildi. Bu tarona rus va ingliz tilida bir vaqtning o‘zida yozib tugatilganligini alohida e’tirof etish zarur. 
Bu taronaning ingliz tilidagi talqini 10 kun avval muxlislarga taqdim etilgan. Ingliz tilidagi talqinini Dr.Costi, Faydee va Shaggy Mohombi birgalikda kuylashgan. 
Shahzoda, Dr. Costi va Faydee tomonidan “O‘zbegim Taronasi” radiosi orqali taqdim etilgan “Habibi” qo‘shig‘i tinglovchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Taronaning raqsbop va yoqimli ohangi ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortgan bo‘lsa, ajab emas. 
“Habibi” taronasi uchun Gruziyada klip suratga olingani haqida ham xabar bergandik. Video haqida batafsil ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring. Klip esa tez kunlarda e’tiboringizga havola etiladi. 
Yana bir yangilikni aytib o‘tishimiz lozimki, Dr.Costi o‘zining keyingi katta loyihasini Shahzoda va Shaggy bilan hamkorlikda yaratishini ma’lum qildi. 
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 5778 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Shahzoda, Faydee triosi, Dr. Costi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Qoyil
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное