Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda: “Dushman otgan tosh, har tomchi ko‘z yosh uchun rahmat...”

1 mayda yetti kun davom etadigan 15 yillik yubiley konsertiga “start” bergan xonanda Shahzoda muxlislari qarshisiga chiqar ekan, “Sahnaga chiqishdan oldin juda qattiq hayajonlandim. Lekin siz aziz muxlislarimni ko‘rib, hayajonim biroz tarqadi. Mehringiz uchun sizlardan minnatdorman! Bugun menga va ijodimga bo‘lgan muhabbatingizni oqlashga harakat qilaman!” deya ichki kechinmalarini yashirmadi. Shahzoda hamma konsertda tomoshabin bilan xonanda o‘rtasida turadigan baland sahnadan voz kechib, o‘rtadagi “chegara”ni buzdi. 15 yillik ijodi davomida bitta-bitta ko‘tarilgan “pillapoya”lariga muxlislar sabab erishganini unutmagan holda sahnani tomoshabin sari yetaklovchi pillapoyali qilib qurdirgan bo‘lsa ne ajab...
 
JAHONGIR POZILJONOV ChUChVARANI XOM SANABDI...
 
Noodatiy tarzda sahnada paydo bo‘lgan Shahzoda gazetamizga bergan intervyusidagi va’dasiga sodiq qolgan holda kutilmagan duetlarni taqdim etdi. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev bilan kuylangan sho‘x tarona barchani raqsga chorladi. Shohruxxon ishtirokidagi sokin duet sahna ko‘rinishida to‘la ochib berildi. Katta shippak tagiga yashirinib sahnaga chiqqan Jahongir Poziljonov Shahzoda bilan raqsda bellashdi. Shahzoda “Chuchvarani xom sanabsan...” deya duetdoshining “sevgi”sini rad etdi. Harakatlanuvchi sahnada “Formula1” mashinasiga o‘tirgan holda “Bari gal” deya xonandani chorlagan Jasur G‘oipovning chiqishi ham hech kimni befarq qoldirmadi.
 
GULChEHRA EShOQULOVA, ULUG‘BEK QODIROV VA ShAHZODANING TRIOSI

1-blok yakunida sahnaning chap tarafidagi aylana sahnachadan Shahzodaning imijida paydo bo‘lgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova “Hayot ayt” qo‘shig‘ini kuylay boshladi. So‘ng Shahzoda sahna markazidan joy olib, qo‘shiqni davom ettirdi. Sahnaning o‘ng tomonidagi aylana sahnachada esa aktyor Ulug‘bek Qodirov “trio”ning davomida ijro etdi. Bu uchlik “Fotima va Zuhra” filmidagi qahramonlarni yodga soldi. “Trio” tomoshabinlar uchun chindan kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.  

SAROY TEPASIDAN ARQONDA TUShGAN MAShARABOZ

Konsertdagi eng quvnoq chiqishlar —  “Qaynona” qo‘shig‘iga qiziqchi Halima Ibragimova va “Sabo” raqs ansambli qizlari bilan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishi hamda “Chikko” ijro etilganda Davlat sirki masharabozlarining tomoshabinlar bilan muloqoti, “Chikita” qo‘shig‘iga “Tomosha” bolalar guruhining jajji o‘g‘il-qizlari chiqishi bo‘ldi. Xuddi sirkdagidek tomoshabinlar tepasidan arqonda pastga tushgan masharaboz barchani lol qoldirdi.
 
“YoMONLAR HAM BITTA DARS!”
 
Konsertning 5ta bloki orasida 1983 yildan boshlab to bugungi kunga qadar Farg‘onada tug‘ilgan jiydakokil qiz Shahzodaning hayoti monolog tarzida videorolik bilan berib borildi. Mazkur iqrornoma orqali shu kuni muxlislar Shahzodaning dil tubidagi kechinmalaridan vofiq bo‘lishdi. Xiyonat, aldov, dugonalarining bo‘xtonlari, dushmanlar bari-barisi xususida to‘xtaldi. Iqrorlarini muxtasar qilib, “Rahmat hayot” nomli qo‘shiqni kuyladi.  

Seni sevaman, seni sevaman hayot,
Neki so‘radim bugun egaman hayot.
Men shunchali kuchlimas,
Yomonlar ham bitta dars.
Hammamiz oldingda qarz,
Rahmat hayot, dushman otgan tosh uchun
Har tomchi ko‘zyosh uchun
Har tongi quyosh uchun, rahmat hayot!
 
FAKT:
Konsertda jami 22ta qo‘shiq ijro etildi, shundan 8tasi yangi.
Shahzoda sahnada ? xil libosda namoyon bo‘ldi.
Konsert rejissyori ???
 
Bilasizmi?
 
Shahzoda konsertning boshidan oxirigacha raqqosalar bilan baravar raqs tushdi. Hatto “Lazgi”da ham bellashdi.
 
Sahna rekvizitlaridan unumli foydalanganini ta’kidlamay iloj yo‘q. Shuning uchun ham har bir chiqish o‘ziga xoslik kasb etdi.


 
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.
Fotomuxbir: Islom RO‘ZIEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7641 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rahmat Hayot, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sanam Shahzodaga keyingi konsertlarida ham omad tilayman
Like | 0
Mikki Zur malades maNga yoqdi Raxmat hayot quwigi.omaD Shaxzodaga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное