Bahrom Nazarov - Yetiml... Bahrom Nazarov - Yetiml...
VIA Marokand - Boychech... VIA Marokand - Boychech...
Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda konsert oldi sirlari bilan bo‘lishdi

Bir necha yillardan buyon xonanda Shahzoda may oyining ilk kunlarida o‘z muxlislarini chiroyli konsert dasturi bilan xushnud etib kelmoqda. Bir yil davomida puxta tayyorgarlik bilan amalga oshiriladigan bu yilgi  yetti kunlik konsertga ham sanoqli kunlar qoldi. Ish qizg‘in, repetisiyalar esa tinimsiz davom etayotgan bir paytda biz xonanda bilan ko‘rishib, 2016 yilgi konsert yangiliklarini bilishga oshiqdik. 
— Ayni kunlarda yangi konsertga tayyorgarlik ko‘rayotganingizdan xabarimiz bor. Shunga qaramay bizga vaqt ajratganingizdan xursandmiz. 
—  Bugungi ish tartibimiz juda tig‘iz. Har yilgidek bu yil ham 1 fevraldan, maydagi  konsertga tayyorgarlik boshlaganmiz.  Yigirma to‘rt soat dam olmay tayyorlanyapmiz desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Raqslar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, maxsus tasvirga olinayotgan videoroliklar...
— Konsertning qisqacha ssenariysi bilan tanishtira olasizmi?
— (jilmayib) Aslida hech bir xonanda konsertdan oldin muxlislarga qanday “syurpriz”  tayyorlaganini aytmaydi, sir tutgisi keladi. Sababi, syurprizdan muxlislarning hayratini sahnada turib kuzatish zavqi boshqacha-da. Shunday bo‘lsa ham ayrim sirlarni ochishim mumkin. Bu yilgi konsert repertuarimdagi qo‘shiqlarning 80 foizi yangi bo‘ladi. 
— Konsert tashkillashtirishda kimlar bilan hamkorlik qilyapsiz?
— Aslida har yilgi konsertim g‘oyalari o‘zimga tegishli. Dastur o‘ziga xosligi bilan esda qolishi uchun izlanishda bo‘laman. G‘oyalarni  sahnalashtirishni esa rejissyor Sarvar Isaevga ishonib topshiraman. Bundan tashqari Sarvar konsert uchun suratga olinadigan barcha roliklarning ham rejissyori. Raqqos va raqqosalar borasida esa aynan bitta guruh bilan ishlamaganman. Doim turli guruhlardan raqqosalarni tanlab olib ular bilan hamkorlik qilamiz. Lekin raqslarni doim Tatyana Kruglova sahnalashtiradi. Sahna liboslari borasida esa dizayner Dildora Qosimova bilan hamkorlik qilamiz. Hamjihatlikda mehnat qilayotgan ijodiy guruhimiz ishi muxlislarimizni befarq qoldirmaydi degan umiddaman. 
— Nazarimda bu yil konsertingiz reklamasi har yilgidan ko‘ra ko‘proq bo‘ldi...
— Bu gapingizga umuman qo‘shilmayman. Chunki yuqorida aytib o‘tganimdek tayyorgarlik fevral oyidan boshlandi.  Faqat bu yil reklama shakllarini biroz o‘zgartirdik xolos. Ya’ni, bu yil gazeta va radiolarda reklama ko‘proq bo‘ldi, o‘tgan yillarda bu yo‘nalishga e’tibor qaratmagan bo‘lishimiz mumkin. 
— O‘tgan yilgi konsert bilan bu yilgisi nima bilan farq qiladi?
— O‘tgan yilgi konsert yubiley bo‘lgani uchun dasturda yillar davomida muxlislar ko‘nglidan joy olgan eng xit qo‘shiqlarni ijro etgan edim. Bu yil esa ko‘proq yangi qo‘shiqlar o‘rin oladi. Bundan tashqari bu yil ko‘p duet qo‘shiqlarni taqdim etish rejalashtirilgan. 
— Konsertda kimlar mehmon bo‘ladi?
— Barcha yaqin insonlarimga, hamkasblarimga taklifnomalar beriladi. O‘ylaymanki, men kutganlarning barchasi tashrif buyurishadi.
— Konsert bilan band bo‘lib, farzandingizga vaqt ajratishga ulguryapsizmi?
— Uyg‘onishim bilan eng avvalo o‘g‘limga vaqt ajrataman. Ishga ketgunimga qadar birga o‘ynab, rasm chizishga odatlanganmiz. Repetisiya ishlari davomida ham farzandlarim holidan xabar olib turaman. To‘g‘rirog‘i, har yarim soatda Xolid bilan video qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib gaplashib olaman. 
— Bugun konsertga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan bir paytda tobingiz yo‘qligi haqida eshitdik, bu holat repetisiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmadimi?
— Ishlar ko‘pligidan, tinim bilmaganim uchun imunitetim tushib ketganidan biroz sog‘lig‘im bilan muammo bo‘ldi. Ammo isitmaga qaramay muxlislarim, ijodiy guruhning oldidagi mas’uliyat kuchlilik qildi. Har kungi repetisiya jarayonida ishtirok etib, jarayondan boxabar bo‘lib turishga harakat qildim. 
Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi

Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2022 | Комментарии: 1 | Голосов:: 1| Теги:: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sanobar пишет: | 26.04.2016 | 19:12 #1 Спам
Sanobar Iwlariga omad kansertini yaxwi ötkazib olsin.
Like | 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 22:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Bahrom Nazarov - Yetimlar  
. VIA Marokand - Boychechak  
. Shoxruz (Abadiya) - Hayot  
. Hulkar Abdullayeva - Paka Pak (Remix)  
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  
. Shaxboz va Navruz - Yuragimdan O'chiray  
. Farhod va Shirin - Voha Voha  
. Farrux Raimov - Olmaxonim  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang  .

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola