Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Pazanda - The Sound of Love
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda ‘Tarona Records’ga raqobatchi bo‘ladimi?

Xonanda Shahzoda o‘z ijodi, boshlovchilik faoliyati, mustaqil kompaniya ochgani va  shaxsiy hayotiga doir ko‘plab savollarga “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida javob berdi.
“Do‘stim Davron Muqimov bilan birgalikda yangi kompaniya ochdik. Bu yerda studiya ham bor, unga yangi apparaturalar buyurtma qilganmiz, tez orada ishga tushadi. Maqsadimiz—iqtidorli yoshlarga yordam qilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, prodyuserlik faoliyati bilan shug‘ullanish. G‘oya Davron Muqimov ikkimizniki. Lekin o‘zim ‘Tarona Records’ bilan ijodiy hamkorlikni davom ettiraveraman”,—deydi Shahzoda yaqinda ochgan kompaniyasi haqida.
Muxbirning “Bu borada turmush o‘rtog‘ingizning fikri qanday bo‘ldi? Axir, kompaniya ‘Tarona Records’ga raqobatchi ham bo‘lishi mumkinku?” degan savoliga xonanda quyidagicha javob berdi:
“Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, turmush o‘rtog‘im bilan oila qurishimizdan avval u kishi meni kompaniya loyihasi sifatida, turmush qurganimizdan so‘ng esa umr yo‘ldoshim sifatida qo‘llab-quvvatlab keladi. Hech qachon ‘mana bu ishni qilmaysan’ yoki ‘faqat Taronada ishlaysan’ degan gaplarni eshitmaganman. U kishi ‘Agar shuni xohlasang, harakat qilib ko‘r’ deydi. Bu safar ham u kishidan ‘Mensiz ham o‘zing bir urinib ko‘r. Agar natija yaxshi bo‘lsa, xursandman’ degan gapni eshitdim. Shundan so‘ng kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘ydik”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5559 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
gambit_7_92 Shaxzoda opaga omad. Man ulaga yowligimdan muxlisli qilaman. Axir ula o'zbni madonnasiku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное