Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda xalqaro miqyosdagi loyihaga qo‘l urdi

Estradamizning maftunkor va samimiy ijodkori – Shahzoda yaqindagina Gruziyadan Toshkentga qaytib keldi. Muxlislari uchun kutilmagan va yoqimli tuhfa bo‘lishi kutilayotgan yangilik haqida batafsil ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. 
Bugungi kunda shou-biznesda duet taronalar son-sanoqsiz. Shahzoda yaratayotgan tarona esa duet emas, balki trio qo‘shiq. Eng asosiysi ijrochilar jahonning taniqli yulduzlari. 
Asli ruminiyalik bo‘lgan mashhur shoir, bastakor va prodyuser Dr.Costi hamda avstraliyalik xonanda, musiqachi, prodyuser Faydee Shahzoda bilan birgalikda yangi taronani kuylashdi. Ular tomonidan yaratilgan yangi ijod namunasi “Habibi” deya nomlanadi. 
Shahzodaning asl muxlislari Dr.Costi haqida yetarlicha ma’lumotlarga egalar. Aynan ushbu mahoratli ijodkor bilan birgalikda kuylangan “Moy zolotoy” duet taronasi xit darajasiga ko‘tarilib, nafaqat mamlakatimizda, balki Rossiya xit-paradlarida ham yuqori o‘rinlarni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan. Shu o‘rinda shuni eslatib o‘tish lozimki, Dr.Costi 2013-yilda xalqaro Grammy mukofotiga nomzod bo‘lgan. 
Avstraliyalik ijodkor Faydee ham minglab muxlislarga ega bo‘lishga ulgurgan taniqli xonanda va musiqachilardan biri bo‘lib, uning “Say My Name” nomli taronasi ko‘plab davlatlarda eng xit taronalardan biriga aylangan. 
O‘zbek shou-biznesi vakilasi Shahzodaning ijodini esa barchamiz yaxshi bilamiz. Demak, uch nafar professional ijodkorlar tomonidan yaratilgan “Habibi” qo‘shig‘i ham omadli chiqishiga shubha yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Mazkur tarona uchun videoklip ham suratga olindi. Tasvirga olish ishlari Gruziyada olib borildi. Tez kunlarda tayyor bo‘lishi kutilayotgan videoklipning premerasini eksklyuziv ravishda saytimiz orqali qarshi olasiz. Videoklip haqidagi eng aniq ma’lumotlarni ham tez kunlarda faqat saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin. 
Qo‘shiq ertaga, ya’ni 8-oktabr soat 18:20 da “O‘zbegim Taronasi” radiosida premera sifatida taqdim etiladi. O‘tkazib yubormang!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4908 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
husniddin93 Omad Shaxzodaga qowiqni kutamiz
Like | 0
Mikki Maladse Shaxzoda udachi vam. ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное