Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shakiradek xipchabel bo‘lishni istayman!

Mashhur pop yulduzining raqs tushishiyu nozik beliga xavas qilmaydigan ayol bo‘lmasa kerak. Erkaklar haqida-ku, indamadik... Siz ham shunday havasmandlar qatoridamisiz? Unda nima qilib o‘tiribsiz? Darrov, musiqani qo‘ying-da, raqsga tushing. Biz esa tajribali xoreograf va fitnes murabbiy Diana Qurbonova bilan ortiqcha vazndan xalos etadigan eng samarali raqs turlari haqida ma’lumot beramiz.

Zumba fitnes — hammasi birda!

Zumba fitnes — alohida raqs turi emas, salsa, cha-cha-cha, flamenko, arabcha, mambo va boshqa bir qancha raqs harakatlari va fitnes mashqlarining jamlanmasi hisoblanadi. Oddiyroq aytganda, hammasi birda. Mashg‘ulot chog‘ida murabbiy dastlab qo‘l mushaklari, keyin bel va qorin, undan so‘ng oyoq mushaklari uchun mashq bajartiradi. Siz esa raqs tushayapman deb, mashq qilayotganingizni sezmay ham. Bir soat zumba fitnes bilan shug‘ullansangiz naqd 1 000, agar g‘ayrat ko‘rsatsangiz undan ham ko‘proq kaloriyadan xalos bo‘lasiz. Xo‘sh, ikki haftada 5 kilogrammbilan xayrlashishga tayyormisiz? Sezilarli natijaga erishish uchun esa haftada 2–3 marta shug‘ullanishingiz lozim. Tug‘ruqdan 4–5 oy o‘tgach (shifokor tomonidan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa) mashg‘ulotlarni boshlasangiz bo‘ladi. Biroq homilador ayollarga zumba fitnes bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Ushbu mashg‘ulotlar 7 bosqichdan iborat. Tajribali murabbiy bolalar, qariyalar, erkaklar va hatto, imkoniyati cheklangan kishilar uchun alohida dastur tanlab beradi.

Arabcha raqs

Bu raqsning qomatga va munosabatlarga ta’siri haqida ko‘p va xo‘p gapirganmiz. Ayniqsa, sovuq kunlarda vaqtni maroqli o‘tkazishning eng yaxshi usuli. Qolaversa, qishda ayiqqa o‘xshab uyquga ketmasdan, sharqona raqs bilan shug‘ullanishni boshlasangiz, bahorga chiqib ninachinikidek ingichka belingiz bilan hammani hayratda qoldirasiz. Bunday jozibali raqs turiga bir soat vaqtingizni bag‘ishlab 400-500 kaloriyadan qutulasiz. Agar shifokor tomonidan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tug‘ruqdan so‘ng 5-6 oy o‘tgach shug‘ullanishni boshlayvering. Yana umurtqa pog‘onangizda yoki qorin-tos atrofida biror muammo borligini sezganingizda mashg‘ulotlarni kanda qilmay qatnasangiz, ijobiy natija uzoq kuttirmaydi.

Mashqlar bilan ish bitmaydi

Soatlab raqs tushib, jismoniy mashqlar bilan o‘zingizni qiynaganingiz nima-yu, uyga kelgach to‘yib ovqatlanib, kamiga biror shirinlik bilan choy ichganingiz nimasi? Yodda tuting, agar taomlanish tartibingizni o‘zgartirmasangiz, natijaga erisholmaysiz. Ortiqcha santimetrlardan qutulgan taqdiringizda ham, mashg‘ulotlarni to‘xtatganingiz zahoti yana avvalgi holingizga qaytasiz. Demak, pirojniy, shokolad, tort, qandolat maxsulotlari, shakar va yog‘li taomlardan voz kechamiz. Mayli, bayramlar bundan mustasno.

«Imkonim yo‘q» deydiganlar uchun, maxsus!

Eng erinchoq muxlisalarimiz «Bizning qishloqda/ tumanda shug‘ullanish imkoniyati yo‘q. Doim shaharliklarga mos ma’lumotlar beraverasizlar...» deb nolishgani nolishgan. Hafa bo‘lmang-u, qalovini topsangiz qor ham yonadi. Ha, ha yonadi, ishonavering. Agar qishlog‘ingizda fitnes klublari, raqs to‘garaklari bo‘lmasa, qo‘lingizdagi telefondan internetga kiring-da, yuqoridagi raqslarning nomini yozib, qidiruvga bering. Qatorasiga video darslar chiqi-i-ib keladi. Ular orasidan qadam baqadam o‘rgatadigan turini topasiz-da, ko‘chirib olasiz. Hammasi shu darajada oson, ham vaqtingiz, ham naqdingiz tejaladi.

Qo‘sh sahifani MAFTUNA tayyorladi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6809 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shakira, xipchabel
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное