Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Choli Qushi-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ishq Jodusi - All I want
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Shar’iy nikoh maxsus ruxsatnomaga ega imom tomonidan o‘qiladi


Nikohga kiruvchilar muayyan bilim va tajribaga ega bo‘lishi, ham jismonan, ham ma’nan oila qurishga tayyor bo‘lishi shart. Lekin ayrim ota-onalar tomonidan ana shu jihatlarga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani tufayli qizlarni erta turmushga berish holatlari kuzatilmoqda.

Andijon viloyatida bu borada samarali ishlar olib borilmoqda, deb yozadi O‘zA.

"Yigit-qiz o‘rtasida nikoh rishtasini bog‘lashdan avval ularning balog‘at va kamolotga yetganiga e’tibor qaratish lozim. Nikohga kirishdan oldin yoshlar har jihatdan oilaviy hayotga tayyor, zarur bilim va tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Shundagina barpo bo‘layotgan yangi oilaning poydevori mustahkam bo‘ladi va hayotning turli sinovlariga dosh bera oladi", - deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov

Erta nikoh holatlari tahlil qilinganda, aksariyat oilalarda ma’naviy muhit barqaror emasligi, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qaralgani aniqlangan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakilligi tomonidan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari, Yoshlar ittifoqi faollari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida mahallalarda ota-onalar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar salbiy oqibatlarining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Andijon shahridagi “Abu Hurayra” jome’ masjidi imom-xatibi Sh.Musaboyev, turli tadbir va marosimlarda aholiga ana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirishlar olib borilayotgani va erta nikohning oldini olish maqsadida shar’iy nikohlar faqat maxsus ruxsatnomaga ega imomlar tomonidan qonuniy nikohdan o‘tilgandan so‘nggina o‘qilishi qat’iy belgilab qo‘yilganini aytdi.



Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 3981 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maxsus, Shar’iy nikoh, tomonidan o‘qiladi, imom, ruxsatnoma, ega
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное