Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sharof Muqimov nega kamnamo bo'lib qolganini tushuntirdi
Xonanda va kinoaktyor Sharof Muqimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida nega oxirgi paytlarda televizorda kam chiqayotganini tushuntirib berdi. San'atkorning uqtirishicha, bunga moliyaviy jihatlar va, ayni paytda, uning “shou-biznesmen” emasligi ta'sir o'tkazgan.
“Ochig'ini aytganda, hozir teleekranlarga chiqish juda qimmat, - tan oldi u. – San'atga boylik orttiraman, qimmatbaho uy, mashina olaman, deb kirmaganman. Hayotim mazmunini san'atda ko'rganim uchun sahnani tanlaganman. Ya'ni, men shou-biznesmen emasman. Agar shunday bo'lganida men ham boshqalarga o'xshab kechalari uxlamasdan engil-elpi qo'shiqlar yozib, gastrol safarlardan tinmasdim, chet el xonandalarining qo'shiqlarini o'g'irlab, tirikchilik uchun biznesni kuchaytirardim. Lekin hozir ham sanatni tashlab qo'yganim yo'q. Baholi qudrat ijod qilyapman”.
“Aslida San'at institutining “Kino va televidenie rejissyorligi” fakultetida o'qiganman, - so'zida davom etdi Sharof Muqimov. – Bir yilda bitta kinoda rol o'ynash — men uchun juda kam. Shu sabab ko'proq rol ijro etishga harakat qilyapman. Shu kunlarda «Baxt ortidagi dard» filmimiz katta ekranlarda namoyish etilmoqda”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4662 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sharof Muqimov nega kamnamo bo'lib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
6256373 Buxorolikda,yashang ijodizga omad.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное