Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sharof Muqimov va aktrisa Sitora Alimjonovaning to‘yi bo‘layotgandek tasavvur uyg‘otadigan foto va videomateriallar tarqaldi.



Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sharof Muqimov va aktrisa Sitora Alimjonovaning to‘yi bo‘layotgandek tasavvur uyg‘otadigan foto va videomateriallar tarqaldi. Ularda xonanda va aktrisaning kelin-kuyov libosida, do‘stlari davrasida “to‘y”ni nishonlayotganini ko‘rish mumkin.


Bu foto va videolar odamlar orasida turli gap-so‘zlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad aktrisa bilan bog‘landi.


Muxlislarimizdan bu suratlarni jiddiy tushunmasliklarini so‘rab qolaman. Bu shunchaki oddiy bir loyiha uchun tayyorlangan sahna ko‘rinishi edi. Ammo uning suratlari tarqab ketgani bois, har kim har xil xayolga bordi, oqibatda shunaqa uydirma, asossiz gap-so‘zlar tarqaldi.

Shu voqeadan so‘ng ko‘plab muxlislardan, odamlardan salbiy fikrlar eshitdim, telefonimga haqoratli SMSlar ham kelmoqda. Agar to‘yim bo‘ladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda muxlislarimni, meni kuzatib borayotgan insonlarni xabardor qilaman.

Sitora Alimjonova, aktrisa

 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17460 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sharof Muqimov, Sitora Alimjonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное