Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aka-uka Iskandarovlar aktrisa Sitora Alimjonovani “Chuv tushirdi”

Muxlislarning
sevimli loyihasiga aylanib ulgurganChuv tushdiloyihasi ijodkorlari bugun yana bir aktrisa Sitora Alimjonovaninishonga oldi. Bunda aktyorlar Umid va Muhammadali Iskandarovning nima aloqasi bor deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda maqolani o‘qing
Aliya: — Sitora gazetamizda “Yulduzning bir kuni” nomli loyiha orqali kun davomida nima ishlar bilan band bo‘lishingizni muxlislarga ko‘rsatib bermoqchimiz. 
Sitora taklifimizga rozi bo‘lib  “Majestik” gullar do‘konida uchrashuv belgiladi. 
Aliya do‘kon sotuvchi-maslahatchisiga: — Biz rahbaringiz Lola opani ogohlantirganmiz. Do‘koningizda suratga olishga ruhsat berishgan. 
Sotuvchi: — Xo‘p. Ammo baribir mening yordamim kerak bo‘ladi! 
Aliya: — Biz hech narsa xarid qilmaymiz. Shunchaki do‘konda bir-ikkita kadr suratga olinadi, xolos. 
Sotuvchi, aktrisaga murojat qilib: — Siz ko‘zimga issiq ko‘rinyapsiz. Televizorda ko‘rganman shekilli, aktrisamisiz yoki ashulachi?
Sitora (sotuvchi uni tanimaganidan ranjib): — Aliya, qanday holatlarda suratga tushib beray? Tez-tez ishni bitirib ketaylik.
Sotuvchi: - Nega gapimni eshitmaganga olayapsiz? Aniq, yulduzga o‘xshaysiz. 
Aktrisa ahamiyat bermaslikka harakat qilib, fotograf va jurnalistning taklifidan kelib chiqib suratga tushishda davom etdi. 
Sotuvchi: — Lekin rosa chiroyli qiz ekansiz. Men ham siz bilan suratga tushsam bo‘ladimi?
Aliya: — Iltimos, xalaqit beravermang. Biz ishlarimizni tugatib olaylik keyin tushasiz. 
Sotuvchi: — Do‘konimizning bu tomonida turli haykalchalar, suvenirlar bor. Sizlarga yoqishiga ishonaman. Marhamat. 
Bu taklif Sitoraga ma’qul keldi.
Sotuvchi: Sizga qanday turdagi suvenirlar yoqadi o‘zi?
Sitora: Men antikvar, tarixiy buyumlarni yaxshi ko‘raman. 
Sotuvchi : Bizda aynan shunaqalari topiladi. Agar sizga ma’qul keladigan narsani do‘konimizdan topib bersam rasmga tushishga rozi... (Shu payt sotuvchi yigitning qo‘l telefoni jiringlab qoldi) —  Ha, jo‘ra yaxshimisan? Hozir yonimda aktrisa turibdi, faqat ismini eslolmadim. Ko‘rsang, taniysan! (Sitoraga murojaat qilib) Ismingiz nima edi o‘zi?
Sitora: (Sotuvchi yigitning bu qilig‘idan qattiq jahli chiqib) Aliya, bu yigitga o‘zingiz gapirmasangiz, hozir urushib ketishim mumkin. 
Aliya: — Iltimos, menga Lola opani chaqirib bering. Sizga gapirishning foydasi yo‘qqa o‘xshaydi!
Sotuvchi:  Opani chaqirib nima qilaman. Bu narsalar uchun men javob beraman. Aslida bu do‘konga kirgan har bir xaridor albatta nimadir sotib olishi kerak. Bu bizning ichki qonunlarimizdan biri. 
Tasvirchi: — Aka, ishlashimizga xalaqit beryapsiz!
Ijodiy guruh sotuvchi yigit bilan gap talasha boshlaganda do‘konda shovqin ko‘tariladi. Buni eshitib do‘kon rahbari xonasidan chiqib keldi.
Do‘kon rahbari: — Tushunmadim nima bo‘lyapti bu yerda?
Sotuvchi: — Lola opa, bular siz bilan gaplashishgan ekan. Do‘konimizda tasvirga olishga ruxsat beribsiz...
Aliya: — Yarim soatli ishimiz bor deb siz bilan telefonda gaplashgandim... 
Do‘kon rahbari: — Birinchidan, siz menga do‘konga kirmay, tashqarida suratga tushiramiz degandingiz. Ikkinchidan, bizning do‘kon sizga bozor emas. Nega shovqin solayapsizlar? (Sotuvchi yigitga qarab) Bular kelganini aytib nega meni ogohlantirmadingiz? Axir dokonda tasvirga olish mumkin bo‘lmagan joylar ham bor. Buni nazorat qilib turmasa bo‘lmasligini bilmaysizmi?.. 
Ijodiy guruh jahli chiqqan do‘kon rahbarni tinchlantirishga urinadi. U bunday shovqinga sotuvchining o‘zi “aybdor”ligini tushunishni “istamaydi”. 
Do‘kon rahbari: — Bo‘ldi yig‘ishtiring! Endi bu gaplardan foyda yo‘q. Marhamat qilib do‘konimni bo‘shatib qo‘yinglar! Sizning kasringizga  xaridorlarimizdan ayrilish niyatimiz yo‘q. 
Do‘kon rahbaridan ishni yakunlab olishga biroz vaqt berishini so‘rasak-da eshitishni “istamadi”. 
Sotuvchi: — Ana ko‘rdingizmi? Siz deb shunday bo‘ldi. Endi meni ham ishdan haydashlari mumkin. Bir marta suratga tushsangiz bo‘lardi-yu, shuncha gap-so‘z yo‘q edi. 
Sitora: (do‘kondan “haydalyotganiga” chidolmay turganda bu gap sabr kosasini to‘ldiradi): Aliya, bo‘ldi! Yetar shuncha sharmandalik. Men ketdim. Avval tashkiliy ishlarni hal qilib, keyin meni chaqirmaysizlarmi?
Jahl bilan chiqib ketgan Sitora do‘kon yonida bir guruh tasvirchilar bilan allanimalarni muhokama qilib turgan  aktyorlar Umid va Muhammadali Iskandarovlarga ko‘zi tushdi.
Umid Iskandarov: — Sitora, qalaysiz?!
Sitora: — Assalomu alaykum. Sizlar nima qilyapsizlar bu yerda?
Umid: —  Yangi klipning tasvirga olish ishlarini boshlaganmiz. 
Muhammadali Iskandarov: — Shu gul do‘konida bir sahnani suratga olishimiz kerak edi. O‘zingiz nimalar qilyapsiz? 
Sitora: (asabiylashayotganini bildirmaslik uchun jilmayib).— “Darakchi” gazetasining loyihasida qatnashayotgan edim 
Muhammadali: — Sizni uchratganimiz yaxshi bo‘ldi. Hamkasblaringizdan birini chaqirgan edik. Mana bir soatdan buyon kutyapmiz, kelmayapti. Agar rozi bo‘lsangiz o‘zingiz bilan kelishib olardik. 
Umid: — Ha, rostdan ham! Keling, Sitora o‘zingiz o‘ynab bera qoling?
Sitora (kutilmagan taklifdan dovdirab) — Voy, yo‘-o‘q. Meni ishlarim bor. (Biroz sukut saqlab) Ha, bo‘ldi bo‘ldi, bildim! Aliya, rostini ayting meni aldayapsizlar- a?
Muhammadali (jiddiy): — To‘g‘risi, nima haqida gapirayotganingiz bilmadim-u lekin sizni aldab o‘tirisha vaqtim yo‘q. Shahriyorning yangi qo‘shig‘iga klip suratga olyapmiz. Shunga bosh rolda akam bilan partnyorlikda rol ijro etasizmi deyapman xolos. Shunchaki rolga tayinlangan aktrisa kelmayapti. Ko‘rib turibsiz-ku, hamma narsa tayyor, ko‘chada turibmiz... Vaqtni yo‘qotib nima qilamiz, deb sizni taklif qilayapman.
Sitora: — Nega endi men boshqa birov kelmagani uchun uning o‘rniga rol o‘ynashim kerak? Agar meni birinchi bo‘lib taklif qilganingizda boshqa gap edi. Men bu kabi kelishuvlarni tez qabul qilmayman. Taklif, ssenariy, umuman barcha masalalarni avvaldan xotirjam kelishib keyin qaror qabul qilaman. 
Muhammadali: — Mayli, unda bu yerdagi ishlaringizni yakunlab bizning ofisga o‘ting. Gonarar, ssenariy... barchasini o‘sha yerda gaplashamiz. (Sitora ikkilanib qoldi) Yordamchim sizni studiyamizga olib boradi. Biz o‘sha yerda bo‘lamiz. 
Rejissyor “yordamchisi” gazetaga mo‘ljallangan loyiha tugashini kutish uchun qoladi.  
Aliya: — Sitora, balki rejissyorlar bilan bo‘ladigan munozaralardan bir-ikki kadrni gazeta uchun ham suratga olarmiz. Rollaringizning qanday yaralishi muxlislaringiz uchun qiziq bo‘lsa kerak. 
Sitora: — Mayli o‘zingiz bilasiz...
Barcha kinostudiya tomon yo‘l oladi. Aktrisa taklifga rozi bo‘lganini uning kirib kelganidan sezgan  rejissyor xursand bo‘ladi. 
Muhammadali: —  Sitora rozi bo‘lganingizdan xursandmiz. (“Darakchi” gazetasi jamoasiga qarab) Sizlar ham qatnashmoqchimisiz? Yoki rasmga olasizlarmi?
Aliya: —  Aktrisaning bir kuni qanday kechishishi reportajimiz orqali ko‘rsatib bermoqchi edik. Shuning uchun kelganmiz. 
Muhammadali: — Ammo hozir biz premera qilinmagan qo‘shiqni tinglaymiz. Unga yozilgan ssenariyni o‘qiymiz. Gazetadagilar hozircha bilishi mumkin bo‘lmagan gaplarni eshitishingizni istamayman. Qolaversa, Sitora bilan gonorar masalasini hal qilib olishimiz kerak. Buni ommaga ma’lum qilishni nafaqat men, balki uning o‘zi ham istamasa kerak. Nima dedingiz Sitora?
Sitora: — (kulib) Ishqilib meni aldamayapsizlarmi? To‘g‘risini aytaveringlar! 
Aliya: — Sitora, agar bizning bu yerga kelishimiz sizda shubha uyg‘otayotgan bo‘lsa mayli biz ketamiz. 
Ijodiy jamoa xayrlashib studiyani tark etadi. 
Umid (jahli chiqib): — Tavba nimalar bo‘lyapti? Sitora siz ham g‘alati bo‘lib qolibsiz, aldayapsizlar- aldayapsizlar deyaverasiz. Tushunmadim, axir yosh bola emasmiz-ku, aldab o‘yin o‘ynaydigan. To‘g‘risi, meni ham ukam yaxshi rol bor, , aktrisa ham tayyor deb ishimdan qoldirib chaqirib oldi. Kelsam, aktrisa yo‘q. Ustiga ustak siz hadeb bu hazilmi deyaverasiz. Muhammadali, bunday chala ishlar bo‘lsa meni chaqirma demaganmidim?
Sitora: — Umid aka, jahlingiz chiqmasin, “Darakchi” gazetasi muxbiri fotoreportaj tayyorlaymiz deb meni chaqirdi. Ammo tasvirga olish paytida shilqim sotuvchi bilan jahldor do‘kon mudiri rosa asabimni buzishdi... 
Umid: — Shaxsan mening bunday aldovchi o‘yinlarga vaqtim yo‘q. Zarur ishlarimni tashlab shu yerda o‘tiribman. 
Uzoq munozaralardan so‘ng klipmeyker va aktyorlar kelishib olishdi. Ishni xonanda Shahriyorning klip suratga olish kerak bo‘lgan yangi qo‘shig‘ini tinglashdan boshlashdi. 
Muhammadali: — Mana eshitib turganingizdek qo‘shiq sevgi va ayriliq haqida. Biz uning bir qismini hozir suratga olamiz. Siz  turmush o‘rtog‘i haqida turli gap-so‘zlarni eshitib, shu sabab undan shubhalanib, ogohlantirmay ishxonasiga kirib kelgan sahnani o‘ynab berishingiz kerak. Ertaga esa ko‘chada suratga tushriladigan sahnalar ham bor.  Agar hozir rozi bo‘lsangiz ishni boshlayvermiz.
Sitora: — Hozirmi? Bo‘lmaydi! Birinchidan libos masalasi, ikkinchidan...
(Muhammadali Sitorani gapini bo‘lib) — Ha aytgancha, gonorar masalasini gaplashib olmapmiz-ku! Mana bu narx sizga ma’qulmi? (qog‘ozga raqamlarni yozib, aktrisaga uzatadi) 
Sitora: (o‘ylanib) — Nega kam?
Muhammadali: — Chunki Shahriyor yoz oylarida yakkaxon konsertini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayapti. Uning iltimosiga ko‘ra kamxarj klip surtaga olishimiz kerak. Istasangiz, uning prodyuseri ham shu yerda. O‘zingiz yuzma-yuz gaplashib olasiz. 
Aktrisaning ikkilanayotgani sezgandan so‘ng Muhammali boshqa xonada o‘tirgan “prodyuser”ini ichkariga taklif etdi. Yarim soatli bahs-munozaradan so‘ng Sitora belgilangan narxga rozi bo‘lib ishni boshlashga qaror qildi. Klipmeyker katta ishtiyoq bilan ishga kirishti. Rekvezitlar, aktyorlarning vazifasi barchasi yana bir boshdan tushuntirib o‘tildi. “Motor ishni boshlaymiz” buyrug‘idan so‘ng esa Sitora:
To‘xtang! Nega chiroqlar yo‘q. Bunday yorug‘lik kam xonada klip suratga olinmasdi-yu... Yana meni ahmoq qilayotgan bo‘lmanglar.
Muhammadali: — Tushunmadim, Sitora hozirgina hamma narsani kelishib, prodyuser bilan ham shaxsan o‘zingiz gaplashdingiz-ku. 
Sitora: — Ha-ya, mayli boshlay qolaylik...
U bir zum sukut saqlab, holatga kirib oldi-da, ish boshladi. 
— Ahmad Qodirovich o‘zlaridami?
— Assalomualaykum. Men ularning yordamchilariman. Xo‘jayin hech kim kirmasin degan edilar. Uzr, yonlariga kirishga ruxsat berolmayman. 
Muhammadali: —  Stop! Sitora biroz yurakdan ijro eting. Tasavvur qiling siz turmush o‘rtog‘ingizdan shubhalanib uning ishxonasiga vajohat bilan keldingiz. O‘zingizni aldangandek his etib kelganingizni ko‘rsatib bera olmayapsiz. 
Sitora e’tirozlarni tinglagach yana o‘sha dialogni boshladi. Ammo Muhammadali aktrisaning ijrosidan qoniqmadi. 
Muhammadali: — Siz negadir holatga kira olmayapsiz. Jahl, alamni nigohlar bilan ko‘rsatib bering!
Sitora yana bir necha urunishdan so‘ng birinchi sahnani tugatdi. 
Muhammadali: — Bu sahna unchalik ko‘nglimdagidek chiqmadi. Mayli, ikkinchi sahnani boshlay qolaylik. Turmush o‘rtog‘ingizning yordamchisi sizga ming qarshilik qilmasin baribir xona eshigini ochasiz, ammo u yerda siz o‘ylagan sahna emas, turmush o‘rtog‘ingiz tushlik vaqtidan foydalanib qahfa ichayotganini ko‘rasiz. Bu yerda siz faqat nigoh, qarash, yuz ifodalari bilan ishlab berishingiz kerak. 
Sitora: — Xo‘p, sizni tushundim. 
Aktrisa rejissyorning har bir gapini yaxshi anglab ishga kirishdi. Ammo har doimgidek Muhammadalining “ko‘ngli to‘lmadi”. 
Muhammadali: — Sitora sizning ijrongizni ko‘rib, xuddi kimdir xafa qilganidan shikoyat qilib otasining yoniga kelgan qizni ko‘ryapman. Siz hali ham holatda emassiz. Bo‘ldi, bugun bo‘lgan voqeani asabbuzarlikni  unuting! Sizda xiyonat alamini ko‘rishni istayman. Klip voqealaridagi vaziyatga oddiy qarayotgandeksiz. O‘zingizni qo‘lga oling. Axir kinolarda rollar ijro etgansizku, marhamat. Boshladik. Motor!
Sitora biroz tanaffus so‘radi. 
Ikkinchi rejissyor: — Sitora Muhammadali akaning jahli chiqyapti. Yaxshilab ijro etib bermasangiz bo‘lmaydi.
Sitora: — Men aytganlarini bajarayapman-ku, ammo ular  nima istayotganlarini tushunish qiyin. 
Sitora va ikkinchi rejissyor biroz suhbatlashib yana tasvirga olish joyiga qaytishdi. 
Muhammadali: —  Sitora bu sahnada alamdan yig‘lab yuborishingiz ham mumkin. Siz so‘zlarsiz yuz ifodasida, ko‘z yoshda aldanayotgan ayol holatni ko‘rsatib bersangiz bo‘ldi. 
Tanbeh eshitaverib, yig‘lagudek ahvolga kelgan Sitora “bu rolni eplay olmayman shekilli” deb turganda “ikkinchi rejissyor” uni fikridan qaytaradi. U bor mahoratini ishga solib rolga kirgan mahali xona eshigi ochilib “Darakchi hazili” degan yozuv bilan ijodiy gurug‘ paydo bo‘ladi.
Sitora: — Nima?! Hazil! Aytim-a!? Aldayapsizlar dedim. Yo‘q, baribir meni aldolmadingiz. Men ishonmadim! 
Rolni berilib ijro etgan bo‘lsa-da, ishonganini tan olgisi kelmayotgan aktrisani qo‘llab-quvvatlash uchun barcha qarsak chalib yubordi.
Sitora: — Meni hech aldolmaysizlar deb o‘ylagandim. Chuchvarani xom sanabman! Nahotki sizlar ham bularga shekri bo‘lsanglar Umid aka? Bo‘ldi, sizlardan xafa bo‘ldim! 
Aktrisaning bolalarcha arazlashi, haqiqatdan ham chuv tushganini tan olgisi kelmay, chuvillashi ijodiy guruhning kayfiyatini ko‘tardi. Loyihamiz havo o‘zgarib qolgani uchun biroz o‘zgargan bo‘lsada, improvizatsiyalar ham yangi qo‘shilgan qahramonlar ham rolga tezda kirishib ketgani sabab juda chiroyli kechdi.
Xulosa o‘rnida
Sitora Alimjonova: — To‘g‘risi, do‘kondagi holatlarga, ayniqsa sotuvchi yigit va rahbar ayol ham gazeta xodimlari ekanini bilganimdan so‘ng hayron qoldim. Qoyil! Ayniqsa ko‘p gapiradigan sotuvchi yigitga besh ketdim. Haqiqatdan ham asabimni buzdi. Jurnalistlar  xuddi rejissyor kabi puxta reja tuzishgani sabab harqanday profesional aktyor ham “Darakchi”ga “chuv tushishi” mumkinligiga ishondim.  
Muhammadali Iskandarov: — Bugungi ijrosini ko‘rib, Sitorani tez kunda yangi klipga chaqirib qolsak ajabmas. “Chuv tushdi” loyihasida “Darakchi” bilan hamkorlikda ishtirok etish bizni faqat ilhomlantirdi. 
Umid Iskandarov: — Avvaliga bo‘layotgan ishlarga ishonchsizlik bilan qaragan bo‘lsa-da, u rejissyor aytgan vazifani a’lo darajada bajarib berdi. 
Ijodiy guruh: Aliya Sulaymonova, Hilola Tosheva, Umid Normurotov.
Rollarda: Sotuvchi-Abdulaziz Rustamov, do‘kon mudiri-Lola Shoyimova, ikkinchi rejissyor-Sadoqat Allaberganova. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 13980 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sitora Alimjonova, Chuv tushirdi, Aka-uka Iskandarovlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное