Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Sharqiy Qozog‘istonda ayiq keksa kishini g‘ajib ketdi

Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Medvedka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 65 yoshli fuqaroni ayiq g‘ajib ketdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak 19-avgust kuni qishloqdan 10—15 kilometr masofada joylashgan o‘rmondan mevalar terib kelish maqsadida uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Qidiruv ishlariga 15 nafar politsiyachi jalb etilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rmonning har bir qarich maydonini ko‘zdan kechirib, erkakning jasadini o‘rmon ichidagi irmoq yaqinidan topgan. Jasad ustida ayiqning so‘yloq tishlari va tirnoqlaridan qolgan izlar bo‘lgan.
Mahalliy aholining qayd etishicha, mazkur voqeadan bir muddat avval qishloq yaqinida yuk mashinasi ayiq bolasini urib ketgandi. Odamlarning taxminicha, ayiq halok bo‘lgan bolasi uchun shu yo‘l bilan qasos olgan bo‘lishi mumkin.



Manba:Daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6844 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sharqiy Qozog‘istonda ayiq keksa ki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
shoxislom5758 Ayiq kuchli jonzotda
Like | 0
bahadirn500 Daxshatku
Like | 0
NaTaLi Бэчорааа
Like | 0
Braveheart Balki wunaqadr
Like | 0
NuR_KR Ayiqlar ham qasos olar ekande a?
Like | 0
Bahrom_4383 Ayiqlarda ham his bor ekanda.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное