Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Jumong-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Pazanda - Sad Love
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

"Sharshara" kolbasalariga eshak go‘shti qo‘shilgani aniqlandi


“Sharshara” nomli go‘sht mahsulotlariga eshak go‘shti qo‘shilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar va Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «GOLD PREMIUM PRODUCT» MChJga qarashli “Sharshara” nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht sex ishchilari tomonidan boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlanib, sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari iste’molchilarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8655 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sharshara
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Ha golga olishshin yaramaslardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное