Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev 11 may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga jo`nab ketadi



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017 yilning 11-13 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo`ladi. 

XXR Raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo`mitasi Raisi Chjan Deszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlarda o`zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar, deb yozadi O`zA.

Tashrif dasturida davlatimiz rahbarining Xitoyning etakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo`lib, unda O`zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o`zaro foydali qo`shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko`rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo`shma bayonot qabul qilinishi, O`zbekiston – Xitoy o`rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 14-15 may kunlari Pekin shahrida “Bir qutb, bir yo`l” xalqaro forumida ishtirok etadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2018 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное