Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev: "Aholimiz tibbiy yordam sifatida o‘zgarishlar sezmayapti" (video)

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni sog‘liq saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
 
Prezident so‘zi avvalida bundan roppa-rosa bir oy oldingi uchrashuvni va unda berilgan topshiriqlarni yodga olib, shunday dedi:
 
“Biz sizlar bilan roppa-rosa bir oy oldin sog‘liqni saqlash tizimining holati, muammolar va rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazgan edik. Ushbu majlisda sog‘liqni saqlash tizimida bir qator o‘zining yechimini kutayotgan muammolarni muhokama qildik. Aholiga birlamchi tibbiyot yordam tizimining, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari faoliyati talabga mutlaqo javob bermasligi to‘g‘risida gapirdik. Patronaj tizimi ishlamayotganligi to‘g‘risida gapirdik. Yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tuman va shaharlarimizda ko‘rsatilmayotganligi, ixtisoslashtirilgan markazlarning viloyat va tuman tibbiyot muassasalari bilan uzviy bog‘liqligi yo‘qligi, tez tibbiy yordam tizimi qoniqarsizligi, kadrlar malakasi pastligi va boshqa salbiy holatlar haqida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlab o‘tgan edik.
 
Mana, biz Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga borganimizda, ahvol undan ham battarligini ko‘rdik. Bitta savolga javob yo‘q: Tibbiyot bizda qay darajada?
 
Tizimda shuncha kamchiliklar mavjudligiga qaramasdan bir oy muddatda vazirlik rahbariyati, hokimliklar tomonidan vaziyatni tuzatish bo‘yicha birorta ham sezilarli o‘zgarish va qaror kiritilmadi. Amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan natijani bermayapti va eng achinarlisi, aholimiz tibbiy yordam sifatida qandaydir o‘zgarishlar sezmayapti”.
 
Shavkat Mirziyoyev so‘zida davom etar ekan, joylarda sog‘liq saqlash tizimidagi holatni o‘nglash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga sust e’tibor qaratilayotganini, buni esa fuqarolar tomonidan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan ariza va shikoyatlar yaqqol tasdiqlab turganini aytdi.
 
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatildi. Dasturni saytimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3420 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное