Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev: Eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligi
 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruza bilan chiqish qildi. Ma’ruza matnini O‘zA e’lon qildi.
O‘z nutqi chog‘ida Prezident kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar borligini, ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari borligini aytdi.
 
Bu sohadagi ayrim faktlarni keltirib o‘tar ekan, Mirziyoyev shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgani, 2012—2015-yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyolkaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmaganini qayd etdi.
 
“Ochiq tan olishimiz kerak, bizning eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligidir. Ularning moddiy-texnik bazasi o‘tgan asrning 80-yillari darajasida qolib ketgan. Ular tomonidan axborot texnologiyalarini, zamonaviy ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini qo‘llash darajasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
 
Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir-ikkita zamonaviy loyiha institutini tashkil etishni talab etmoqda”, — dedi Prezident.
 
Mirziyoyev sohadagi rahbar shaxslarga butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritishni yukladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4756 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное